Seshanba, 24 Oktyabr 2023 15:44

Universitetimiz qoshidagi professional ta’lim tizimida xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgan

Joriy yilning 24-oktabr kuni Qozog‘iston respublikasi Ostona oliy savdo-iqtisodiyot kolleji direktori Mirzabek Kujimov universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmon bilan oliygohimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov muloqot o‘tkazdi. O‘zaro muloqot jarayonida bugungi kunda turizm sohasida va professional ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar, hamkorlik natijalari xususida so‘z bordi. 

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, 23-27 oktabr kunlari Qozog‘iston respublikasi Ostona oliy savdo-iqtisodiyot kollejidan kelgan bir guruh o‘qituvchilar Samarqand turizm va madaniy meros texnikum va uning hamkor korxona va tashkilotlarida tajriba almashishmoqda.

O'qilgan 586 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar