Seshanba, 29 Oktyabr 2024 08:51

Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universitetining 60-yillik yubileyi va Universitet rahbarlarining Xalqaro P2P almashinuv forumida ishtirok etildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori hamkor universitet Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universitetining 60-yillik tantanali yubiley tadbiri hamda tadbir doirasida tashkil etilgan “Xorijiy OTM rahbar va vakillari Xalqaro P2P almashinuv forumi”da ishtirok etdi. Forum doirasida tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy universitetlar ishtirokchilariga universitetimiz tarixi, universitet rektori boshchiligida olib borilayotgan keng ko’lamdagi ishlar, UNWTO shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi, o‘rnatilinayotgan xalqaro hamkorlik aloqalari va mazkur hamkorliklar doirasida amalga oshirilinayotgan ishlar va xorijiy talabalar o‘qishlari uchun davlat tomonidan ajratilinayotgan grant haqida takidlab o‘tildi.

Tashrif doirasida Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti prezidenti professor Ji Jinbiao bilan universitetlar o‘rtasida o‘rnatilgan va olib borilayotgan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokara o‘tkazildi.

Shuningdek, hamkor universitet qoshida tashkil etilgan Xitoy Madaniyat va Turizm Akademiyasining madaniyat va turizm raqamli laboratoriyasida olib borilayotgan ishlar, turizm sohasini raqamlashtirish tizimi, va Xitoyda turizm va madaniy meros sohalarini raqamlashtirishda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha tanishildi.

Quvonarlisi shundaki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tahsil olib muvaffaqqiyatli bitirgan talabalarimiz hozirda Pekin Xalqaro Tadqiqotlar Universitetida magistratura bosqichida to’liq grant asosida tahsil olishmoqda.

O'qilgan 218 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar