press

press

Сегодня, 4 февраля, профессиональные повара всемирно известной Международной кулинарной академии "Le Cordon Bleu Paris" провели специальный мастер-класс в Самаркандской академии туризма UNWTO. Мастер-класс возглавил Эрих Руппен, технический директор и кулинарный специалист академии Le Cordon Bleu в Стамбуле, опытный швейцарский повар. В мероприятии приняли участие шеф-повара и их помощники из кафе, ресторанов и гостиниц Самарканда, работающих в сфере гастрономического туризма, а также студенты Самаркандского техникума туризма и культурного наследия. Конечно, процесс приготовления различных блюд специалистами, приехавшими из Франции, был очень интересен всем профессионалам отрасли. В ходе мастер-класса предоставлялась информация о процессе приготовления блюд.
Для справки, на сегодняшний день 54 гражданина Республики Узбекистан обучались в кулинарной школе "Le Cordon Bleu Paris" во Франции и сейчас активно работают в кулинарной сфере в различных регионах республики.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasida Malayziyaning Perak shtatida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumida universitetimiz vakillari Samarqandning turizm salohiyati va oliygohimizda xorijiy hamda mahalliy talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi amaliy ishlarni targ‘ib qilmoqda. Ahamiyatlisi, forum ishtirokchilari universitetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishib, unga bo‘lgan  qiziqishi ortmoqda.  

Ma’lumot  uchun, ushbu forum doirasida ta’lim va ilm-fan sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi hamda ikki davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

2025-yilning 3-fevral kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova boshchiligida Kengash qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish doirasida M.Abbasova so’zga chiqib, universitetdagi faol, tashabbuskor, iqtidorli talaba-qizlarni liderlarga aylantirish, ular orasidan davlat fuqarolik xizmati uchun yangi avlod istiqbolli kadrlarini saralash, liderlik (rahbarlik) koʻnikmalariga oʻrgatish, yuqori malakali yangi avlod xotin-qizlar zaxirasini shakllantirish to’g’risida tushunchalar berib, so’zni klub sardorlariga berdi.

“Lider qizlar” va “Qizlarjon” klubi koordinatorlari Fotima va Zuxro Baxramkulovalar tomonidan “Yangi loyihalar”, “Stipendiyalar va grantlar" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda grant yutib olish strategiyalari, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish va boshqa mavzularda qimmatli maslahatlar berib o‘tildi.  Seminar davomida ishtirokchi qizlar o‘z savollariga javob olgan holda, kerakli ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishdi.

Dastur davomida ishtirokchilarga liderlik mohiyati va keng tarqalgan gender stereotiplari va “Jahon miqyosidagi lider ayollar” mavzusida videoroliklar namoyish etildi.

Dushanba, 03 Fevral 2025 10:14

E’LON

 1-fevral kuni GRAND HOTEL SOGDIANA mehmonxonasida MX-223 DUAL guruhi talabalari uchun kvalifikatsiya boʻyicha davlat attestatsiyasining amaliy imtihoni ish beruvchi korxonada tashkil qilindi. Har bir oʻquvchi mehmonxona xoʻjaligi xizmati boʻyicha amaliy ish bajarish orqali oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini koʻrsatib berishdi va ish beruvchi tomonidan baholandi.

Juma, 31 Yanvar 2025 13:28

E’LON

Hurmatli tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalarga!

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Real iqtisodiyot” kafedrasi 2025-yil 25-mart kuni xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazadi. Unda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

Anjuman yo‘nalishlari:
 Xizmatlar sohasida zamonaviy texnologiyalar va tarkibiy o‘zgarishlarning nazariy va amaliy jihatlari
 Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda xizmatlar sohasi
 Xizmatlar sohasida investitsiya va innovatsion masalalar

Maqola topshirish muddati: 2025-yil 20-martgacha
Ishtirok to‘lovi: har bir bet uchun 25 000 so‘m

Maqolalarni yuborish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Telegram: +998334272474

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi ilova orqali olishingiz mumkin.

Joriy yilning 22-yanvaridan 4-fevraligacha Global taʼlim boʻlimi boshligʻi Irina Qodirova va turizm kafedrasi oʻqituvchisi Mehruza Vafoqulovalar ITEC granti sovrindori sifatida “Tadbirkor ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida Hindistondagi Chennay, Texnik o'qituvchilarni tayyorlash milliy institutida (NITTTR) ikki haftalik amaliyot oʻtamoqda.

ITEC (Hindistonning texnik va iqtisodiy hamkorligi) granti turli mamlakatlardan kelgan mutaxassislarga ta’lim va texnologiya sohasida qimmatli tajriba va bilim olish imkoniyatini beradi.

Texnik o'qituvchilarni tayyorlash milliy institutida amaliyot o‘tayotgan xodimlarga o‘z kasbiy malakalarini chuqurlashtirish, boshqa davlatlardan kelgan hamkasblari bilan tajriba almashish va ilg‘or tajribalarni universitet o‘quv jarayoniga joriy etish imkonini yaratadi.

Juma, 31 Yanvar 2025 10:14

E’lon

Sizni 2025-yilgi turizm va madaniy meros sohasi etakchilari uchun amalga oshiriladigan ma’ruzalar doirasidagi 4-seminarga taklif qilamiz. Mehmon spiker Tazabay Uteuliev, "Aral Sea Discovery" kompaniyasi bosh direktori, Oral dengizi hududida turizm rivojlanishi va "Aral Sea Discovery" loyihasining taraqqiyot tarixi haqida o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Ushbu seminarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Toni Zou olib boradi.

Joy: 229-ma’ruza zali

 Vaqt: 2025-yil 3-fevral, soat 15:30 – 16:30 (Dushanba)

Sizni ushbu qiziqarli muhokamada ishtirok etishga taklif qilamiz!

Payshanba, 30 Yanvar 2025 17:36

E'LON

2025-yil 1-fevral kuni soat 10:00 da UNWTO tematik ofisida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Xashimova Madina Muradxanovnaning 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi boʻyicha “Hududlar ekoturistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Payshanba, 30 Yanvar 2025 16:56

E'lon. Hurmatli talabalar

Sindao universitetida Shandong oynasi stipendiyalari uchun arizalar topshirish jarayoni boshlandi. Shandong oynasi tomonidan taqdim etilgan 10 nafar talabaga toʻliq toʻlanadigan stipendiyalar mavjud.

Turizm ixtisosligida tahsil olayotgan 7 nafar talabaga stipendiya ajratiladi.

Madaniy meros bilan bog'liq mutaxassislik bo'yicha tahsil olayotgan 3 nafar talaba stipendiya ajratiladi.

Shandong stipendiyasiga muvofiqlik mezonlari:

✔️ Ingliz tilini bilish sertifikati (IELTS bo'yicha kamida 6,5 ​​ball).

✔️ Xitoy tilini bilish sertifikati (HSK) afzallik hisoblanadi.

✔️ Yuqori akademik ko'rsatkichlar va a'lo baholar.

✔️ Universitetning ikkinchi bosqich talabasi.

Bundan tashqari, ushbu stipendiyalar Shandong viloyati hukumatining "Do'st shahar stipendiyasi" dasturining bir qismi bo'lib, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:

✅ O'qish to'lovlari

✅ Turar joy

✅ Sug'urta

✅ Yashash uchun beriladigan mablag‘: bir yilning 10 oy oyiga 1800 RMB.

Hoziroq murojaat qiling va ushbu ajoyib imkoniyatdan foydalaning! Murojaatlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta orqali yuborilishi kerak

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 20-fevral

Bugun, 30-yanvar kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, rektor maslahatchisi  S.Kulmuratov, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Sidiqovalar  tomonidan 1-bosqich 124-guruh talaba-qizlari o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mas’ullar “Jaholatga qarshi – ma’rifat“ tamoyili asosida ulg’ayib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratishdi. Ayniqsa, XXI-asr globallashuv jarayonida yoshlarimiz radio-televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali har-xil axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Ba’zi bir aqidaparastlar o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga urinib, qabih ishlarini amalga oshirmoqda. Ma’lumki, har qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etishiga e’tibor qaratishdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga “Jaholatga qarshi ma’rifat asosida yoshlarni aqidaparastlik oqimlaridan saqlash” mavzusida videoroliklar namoyish etildi. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Bu kabi tadbirlar hali davom etadi.

15 dan 126 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar