Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasida Malayziyaning Perak shtatida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumida universitetimiz vakillari Samarqandning turizm salohiyati va oliygohimizda xorijiy hamda mahalliy talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi amaliy ishlarni targ‘ib qilmoqda. Ahamiyatlisi, forum ishtirokchilari universitetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishib, unga bo‘lgan qiziqishi ortmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu forum doirasida ta’lim va ilm-fan sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi hamda ikki davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.