Dushanba, 03 Fevral 2025 11:00

“Lider qizlar” klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2025-yilning 3-fevral kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova boshchiligida Kengash qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish doirasida M.Abbasova so’zga chiqib, universitetdagi faol, tashabbuskor, iqtidorli talaba-qizlarni liderlarga aylantirish, ular orasidan davlat fuqarolik xizmati uchun yangi avlod istiqbolli kadrlarini saralash, liderlik (rahbarlik) koʻnikmalariga oʻrgatish, yuqori malakali yangi avlod xotin-qizlar zaxirasini shakllantirish to’g’risida tushunchalar berib, so’zni klub sardorlariga berdi.

“Lider qizlar” va “Qizlarjon” klubi koordinatorlari Fotima va Zuxro Baxramkulovalar tomonidan “Yangi loyihalar”, “Stipendiyalar va grantlar" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda grant yutib olish strategiyalari, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish va boshqa mavzularda qimmatli maslahatlar berib o‘tildi.  Seminar davomida ishtirokchi qizlar o‘z savollariga javob olgan holda, kerakli ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishdi.

Dastur davomida ishtirokchilarga liderlik mohiyati va keng tarqalgan gender stereotiplari va “Jahon miqyosidagi lider ayollar” mavzusida videoroliklar namoyish etildi.

O'qilgan 58 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar