press

press

Payshanba, 30 Yanvar 2025 10:29

VIII Xalqaro Gidlar Forumi

2025-yil 21-22 fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Turizm va ekskursiya faoliyati: yangi muammolar va rivojlanish yoʻllari” mavzusida VIII Xalqaro Gidlar Forumi tashkil etiladi.

Forum turizm va ekskursiya sohasining dolzarb masalalarini muhokama qilish, tajriba almashish hamda gidlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan.

Shuning bilan, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati va professorlari ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga taklif qilinadi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi ilova orqali olishingiz mumkin

Bugun 29-yanvar kuni "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo'mitasi, Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi hamda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan turizm subyektlari bilan OAV vakillari o'rtasida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Ochiq muloqotda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo'mitasi raisi Umid Shadiev onlayn tarzda ishtirok etdi va sohada amalga oshirilgan ishlar va galdagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.  Shuningdek tadbirda Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari R.Qobilov o‘tgan yilda  Samarqand viloyatiga xorijdan tashrif buyurgan turistlar soni, mehmonlarga servis sohasida qilingan ishlar, rejalar xususida batafsil ma’lumot berdi.  Ahamiyatlisi, ochiq muloqotda turizm yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlarning ham muammolari va takliflari tinglandi. Bildirilgan takliflar va savollarga mutasaddilar tomonidan javob qaytarildi.

Chorshanba, 29 Yanvar 2025 10:59

DIQQAT E’LON!

Barcha talabalar diqqatiga! Talaba-yoshlarga sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib  qilish va ularning sport bilan shug‘ullanishiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish  maqsadida 2025 yil 16-18 fevral kunlari  "Talaba - yugur" ommaviy  yugurish sport musobaqasini hududiy bosqichini tashkil etilmoqda.

Barcha talabalarimizni ushbu loyihada faol bo‘lishi so‘rab qolamiz! Ishtirok etish istagida bo‘lgan talaba-yoshlar  ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

       Murojaat uchun:

        Tel:90 224-02-22,

               90 227-28-08

        Universitet Sport klubi

 Ushbu dastur Xitoy universitetlarida bir yillik tadqiqotchi, yetakchi tadqiqotchi, magistratura va doktorantura kurslarini o‘z ichiga oladi.
Dastur xarajatlari (aviachipta va o‘qish) YUNESKO va Xitoy hukumati tomonidan qoplanadi. Nomzodlar ingliz tilini bilishi, yosh chegarasiga mos kelishi va sog‘lom bo‘lishi talab etiladi. Hujjatlarni 2025-yilning 21-fevraliga qadar topshirish lozim.
Batafsil ma’lumot: Buyuk devor stipendiyasi.

Batafsil

 

2025-yilning 20-25-yanvar kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiуeva Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 15 ta mahalla fuqarolariga psixologik xizmat ko‘rsatdi.

Chunonchi, amaliyotchi psixolog tomonidan aholiga ruhiy madad berish maqsadida motivatsion treninglar tashkil etilib, ruhiy holatida muammolar bo‘lgan ayollar bilan individual suhbatlar olib borildi. Ularning natijasida psixokorreksion ishlar ham amalga oshirildi. Ushbu tadbirlarda inson o‘zini qabul qilishi, o‘z kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni oshiruvchi psixologik metodlardan foydalanildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida Indoneziya davlati mavzusida inshoolar yozish bo‘yicha tanlov tashkil qilinib, eng yaxshi inshoolar mualliflarining Indenoziya davlatiga 2 haftalik sayohati tashkil qilinishi e’lon qilingan edi. Universitetimiz talabalari tomonidan komissiya a’zolariga ushbu mavzuda 30 ga yaqin ingliz, rus va o‘zbek tillarida inshoolar kelib tushdi.

 24-yanvar kuni inshoolar tanlovi bo‘yicha tuzilgan komissiya a’zolari talabgorlarni alohida suhbatdan o‘tkazishdi. Avvalo yozgan inshoosi, uning mazmuniga e’tibor qaratilib, talabaning mutaxassisligi bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi. Komissiya xulosasi bilan Indoneziyaga tanlovi g‘oliblaridan 10 nafari tanlab olindi.

Sizni 2025-yil 27-yanvar kuni soat 15:30 dan 16:30 gacha 229-ma’ruza zalida bo‘lib o‘tadigan “Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish strategiyalari” mavzusidagi ilmiy seminarga taklif qilamiz.

Mazkur tadbir, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor, prof. Tony Zou tomonidan tashkillashtirilmoqda. Tadbirda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etib, hududda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan strategik tashabbuslar, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar xususida batafsil ma’lumot beradi.

Mazkur uchrashuv turizm sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilmiy-amaliy tajriba almashish va sohaga oid innovatsion yondashuvlarni o‘rganish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Barcha qiziquvchilarni ushbu muhim ilmiy seminarda ishtirok etishga chorlaymiz!

Universitetimizda 2025-yil turizm va madaniy meros sohalari yetakchilari uchun ahamiyatli bo‘lgan dastlabki seminarga strat berildi

Birinchi seminarni Xitoyning yetakchi uch sayyohlik kompaniyasidan biri bo‘lgan China Youth Travel Service Group kompaniyasining aspiranti va sobiq loyiha menejeri Yang Jie (Megan) olib bordi.

Yang Jie nutqining mavzusi:

"Maqsad operatsiyalari va boshqaruvi - Xitoydagi Maymunlar qiroli nomli parkining misolida."

Seminar davomida turistik obyektlarga investitsiya kiritish va rivojlantirish bosqichlari atroflicha ko‘rib chiqildi, jumladan:

- strategik rejalashtirish

- Jismoniy dizayn

- obyektlarni qurish

- IP resurslarining integratsiyasi

- Loyihalar boshqaruvi

Seminar ishtirokchilari va Turizm menejmenti magistrantlari va professor-o‘qituvchilari bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Tadbirni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, professor Tongqian Zou olib bordi.

2025-yilning 22-yanvar sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi tomonidan universitet talabalarining bilimlarini sinovdan o‘tkazish hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida Garry Potter mavzusidagi “Zakovat Quiz” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Intellektual oʻyinda universitetimiz talabalaridan iborat 18 ta jamoa ishtirok etdi.

Umuman olganda, bunday viktorinalarda talabalarning ishtiroki  ularning salohiyatini oshirish bilan birga, tafakkurni oshirish  va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini, dunyoqarashini kengaytirishi uchun muhim ahamiyatga ega.

O'yin yakuniga ko'ra,

 1- o'rin "Head of Hogwarts"

2- o'rin "Back to Hogwarts"

3- o'rin "The Team That Must Not Be Named" jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritdi.

2025-yil 20-yanvar kuni universitetimizda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, dotsent Otabek Alimov ma’ruza qildi. Uning ma’ruzasi “Orol bo‘yida turizmni rivojlantirish: barqaror taraqqiyot yo‘li”, mavzusiga bag‘ishlandi.

Ushbu tadbir “Turizm va madaniyat yetakchilari uchun ma’ruzalar” turkumidagi muhim bo‘lgan ikkinchi tadbir bo‘ldi. Orol dengizini o‘rganish bo‘yicha taniqli mutaxassis doktor O.Alimov 1950-yillardagi mintaqaning evolyutsiyasi haqida gapirib, turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha innovatsion strategiyalarni taqdim etdi.

         Qiziqarli o‘tgan seminarni universitetimiz prorektori, prof. Tongqian Zou olib bordi. Seminar muhokamasida “Turizm menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ta’lim yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etishdi.

Ma’ruzadan so‘ng doktor O,Alimov va prorektor T.Zou universitetlarimiz o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi.

16 dan 126 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar