2025-yil 07-yanvar kuni boʻlib oʻtgan seminarda kafedra professori vazifasini bajaruvchi Xidirov M.M. tomonidan “Markaziy Osiyo shaharlarini qayta tiklashda tarixiy shahar landshafti yondashuvini qo‘llash” mavzusadagi ma’ruza qilindi. Ma’ruza Qozog‘istonning Turkiston shahri va O‘zbekistonning Shahrisabz shaharlariga “Tarixiy shahar landshafti” yondashuvini qo‘llashning asosiy tamoyillari slayd-shou orqali ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi 457-buyrug‘i asosida talabalarning qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida universitetimiz talabalari o‘rtasida "Turizmda madaniy meros fanidan" mukofotli onlayn olimpiada o‘tkazildi va madaniy merosni yaxshi biluvchi talabalar aniqlandi. Olimpiada Google Forms orqali online shaklda o‘tkazildi. Olimpiadada har bir talaba belgilangan 1 soat vaqt oralig‘ida 50 ta savollardan iborat topshiriqlarni bajarishdi. Topshiriq natijalariga asosan, eng yuqori ball toʻplagan quyidagi talabalar gʻolib deb topildi:
1-o‘rin. Sayidov Ziyodbek (2-kurs, Tour 123 guruhi talabasi).
2-o‘rin.Xudoyberdiyev Xudoyberdi (1-kurs, IR224 guruhi talabasi)
2-o'rin. Boboniyozov Jamshid (4-kurs, Mantour-121 guruhi talabasi)
3-o‘rin. Murtazoeva Madina (1-kurs, MS-124-guruhi talabasi)
3-o'rin. Baxronova Mexribon (1-kurs, MS-124-guruhi talabasi)
Tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ushbu talabalar qishki ta’tildan so‘ng universitet rahbariyati tomonidan rag‘batlantiriladi.
Bundan tashqari, quyidagi talabalar faol ishtiroki uchun faxrli sertifikatlar bilan taqdirlanadi:
-Shomurodov Sultonmurod (2-kurs, Guide-223 guruh talabasi)
-Raxmatov Laziz ( 4-kurs, Mantour-121 guruhi talabasi)
-Baxrullayev Faxriddin ( 2-kurs, Guide-123 guruhi talabasi)
-Sharipov Sherzod (2-kurs, Guide-223 guruhi talabasi)
Onlayn olimpiadada magistr talabalar ham faol ishtirok etishdi
1. Obidov Shoxrux 1-kurs,TH 224
2. Toshkentov Quvonchbek 1-kurs,TH 224
3. Hasanjon Sayfiyev 1-kurs, TH 224
Bugun 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishni universitetimiz Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova olib bordi. Yig‘ilishda universitetimiz prorektorlari, professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va xodimlar ishtirok etishdi.
Kengaytirilgan yig‘ilshda dastlab universitetimizda o‘tgan yilda talabalar o‘rtasidagi huquqbuzarlik holatlari va tartib intizom masalasi ko‘rildi. Ushbu masalada universitetimiz rektori maslahatchisi .S.Kulmuradov so‘z olib huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yishning oldini olish, oliygohda kiyinish madaniyati va bugungi axborot asrida talaba-yoshlarning turli diniy oqimlardan asrash kabi dolzarb masalalar xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shuningdek yig‘ilishda universitet profilaktika inspektori Sh.Qurbonov ham Talabalar turar joyida tartib intizomni yanada yaxshilash, har bir talaba bilan xulq atvoridan kelib chiqib muloqotda bo‘lish kabi haqida gapirdi.
Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining birinchi yig‘ilishining asosiy masalalaridan yana biri oliygohda ta’lim tizimidagi ishlar tahlil qilindi. Kengaytirilgan yig‘ilishda o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar bilan birga, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi. 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan belgilanadigan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, QS Ranking bo‘yicha TOP 1000 talikka kirish bo‘yicha amaliy ishlarni belgilab olish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, nomdor stipendiyaga nomzod talabalar salohiyatini oshirish, ilmiy salohiyatni oshirish ishlarini jadallashtirish, darslar sifatini nazorat qilish va bitiruvchi bosqich talabalarining chet tili sertifikatini olishi va magistraturaga jalb qilinishi kabi muhim masalalar xususida fikr bildirildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi va professor-o‘qituvchilarning savollariga javob qaytarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi 457-buyrug‘i asosida talabalarning qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida universitetimiz talabalari o‘rtasida yapon tilidan mukofotli onlayn olimpiada o‘tkazildi va yapon tilini eng yaxshi biluvchi talabalar aniqlandi. Olimpiada Google Forms orqali online shaklda o‘tkazildi. Olimpiadada har bir talaba belgilangan 25 daqiqa vaqt oralig‘ida 25 ta savollardan iborat testlarni yechdilar. Test natijalariga asosan, eng yuqori ball toʻplagan quyidagi talabalar gʻolib deb topildi:
1-o‘rin. Kadorkin Karim (3-kurs, Hot-122-guruh talabasi).
2-o‘rin. Mamanova Dildora (2-kurs, Tour-123-guruh talabasi).
3-o‘rin. Aslamova Dilshoda (1-kurs, BM-124-guruh talabasi).
Tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ushbu talabalar qishki ta’tildan so‘ng universitet rahbariyati tomonidan rag‘batlantiriladi.
2024-2025-o‘quv yilining qishki ta’tili vaqtida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida turk tilida eng yaxshi so‘zlashuvchi talabani aniqlash maqsadida turk tilida so‘zlashish mukofotli onlayn tanlovi o‘tkazildi. Tanlov Zoom platformasi orqali online shaklda boʻlib oʻtdi. Tanlovda har bir talaba qur’a tashlash orqali tanlangan mavzu bo‘yicha 3 daqiqalik nutq so‘zladi. Tanlov komissiyasi a’zolari ma’ruzalarni oldindan belgilangan mezonlar (so‘zlardan foydalanish, grammatika, talaffuz va vaqtga rioya qilish) bo‘yicha baholadilar. Tanlov komissiyasining qaroriga asosan, eng yuqori ball toʻplagan quyidagi talabalar gʻolib deb topildi:
1-o‘rin. Sabina Ashrafova (4-kurs, Mantour-121-guruh talabasi).
2-o‘rin. Shahriddin Mamirov (3-kurs, MS-122-guruh talabasi).
3-o‘rin. Husanova Xadichabonu (3-kurs, Hotel-122-guruh talabasi).
Tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ushbu talabalar qishki ta’tildan so‘ng universitet rahbariyati tomonidan rag‘batlantiriladi.
2025-yil 4-yanvar kuni soat 10:30 da UNWTO tematik ofisida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti Ruzibayev Otabek Mardon o'g'lining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda gastronomik turizmni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Mamlakatimiz va jonajon universitetimiz uchun 2024-yil juda sermazmun va ijobiy yangiliklarga boy yillardan biri bo‘ldi. Kelgusi 2025-yil Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” ham barchamiz uchun ulkan marralarni zabt etadigan va yutuqlarga boy yil bo‘ladi. Shu fursatdan foydalanib Siz azizlarni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Oilangizga tinchlik-omonlik, o‘zingizga mustahkam sog‘lik va ilmiy faoliyatingizda yuqori marralarni zabt etishingizni tilab qolaman.
Aziz “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari hamda talabalar barchangizga ayonki bugungi kunda turizm sohasi kun sayin yuksalib bormoqda. Soha rivojida Siz azizlarning o‘z o‘rningiz va hissangiz bor. Tan olib aytish kerak, o‘tayotgan 2024-yil universitetimiz uchun ta’lim yo‘nalishida, ilmiy izlanishlarda va xalqaro aloqalar o‘rnatishda samarali yil bo‘ldi. Ushbu amaliy ishlarda universitetimiz jamoasining mehnati va sa’yi harakatlari yotibdi. Ma’lumki, o‘tayotgan 2024-yilda Samarqand shahrida va universitetimizda tashkil qilingan xalqaro darajadagi anjumanlarda universitetimiz professor-o‘qituvchilari bilan birga, talabalarimizning faol ishtiroki va qatnashchilar tomonidan e’tirof etilganligi ham talabalarning nechog‘lik bilimli va zukko ekanligidan dalolat bermoqda. O‘tayotgan yilda Turizm Akademiyasining faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi va ushbu maskanga Germaniya Federativ Respublikasining kansleri Olaf Shol’sning tashrifi ham juda katta yangiliklardan biri bo‘lganligi aytish mumkin. Turizm Akademiyasida yaratilgan imkoniyatlar talaba-yoshlar uchun nazariya bilan amaliyotning uyg‘un ravishda olib borishiga juda katta imkoniyat vazifasini o‘tab kelmoqda. Bundan tashqari universitetimiz dunyoning ko‘plab davlatlaridagi nufuzli universitetlari va tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Bu ham kelajakda akademik va talabalar almashinuvida, o‘zaro tajriba oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2024-yil universitetimiz jamoasining muvaffaqiyatlarining ko‘lami kengligi bilan eng yaxshi yillardan biri sifatida tarixga muhrlanib qoldi. Yangi 2025-yil Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” da jamoa bilan birgalikda ulkan marralarga erishib Prezidentimiz boshchiligidagi islohatlarga o‘z hissamizni qo‘shamiz, degan umiddaman.
Yana bir bor barchangizni Yangi 2025-yil bilan muborakbod etaman. Yangi yil jamoamiz uchun omadli, xayrli va barokatli bo‘lsin!
Hurmat bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.A.Abduxakimov
24-dekabr kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti "Tillar va Global tadqiqotlar" kafedrasi ingliz tili o'qituvchisi Bobir Ergashev tomonidan Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarga uslubiy yordam ko’rsatish maqsadida "Masofaviy ta’limning afzalliklari" mavzusida seminar-trening o'tkazildi. Ushbu seminar-treningda dunyodagi ilg’or universitetlar (Garvard, Stenford Va Massachusets texnologiyalar universiteti)ning onlayn platformalari, masofaviy talim platformalari (Udemy, Coursera, edX) namunalari va O’zbekistondagi mavjud platformalar (Khan academy uz, Ibrat farzandlari)ning afzalliklari haqida aytib o’tildi. Shuningdek, Bobir Ergashev tomonidan mazkur platformalardan ro’yxatdan o’tish, platformalardagi mavjud resurslardan samarali foydalanish, resurslarni yuklab olish, berilgan topshiriqlarni bajarish bo’yicha namunalar namoyish etildi.
Seminar-trening o'qituvchilarda ijobiy taasurot qoldirdi va savol-javoblarga, munozaralarga boy bo'ldi.
Семинар-тренинг на тему "Преимущества дистанционного обучения" был проведен Эргашевым Бобиром Абдимуминовичем, преподавателем английского языка кафедры "Языки и глобальные исследования" Международного университета туризма и культурного наследия "Шелковый путь", для преподавателей Ташкентского техникума туризма и гостиничного менеджмента. В ходе этого семинара-тренинга обсуждались преимущества онлайн-платформ ведущих университетов мира (Гарвард, Стэнфорд и Массачусетский технологический институт), платформ дистанционного обучения (Udemy, Coursera, edX) и существующих платформ в Узбекистане (Khan Academy Uz, Ibrat Farzandlari). Кроме того, Эргашев Бобир Абдимуминович продемонстрировал, как зарегистрироваться на этих платформах, эффективно использовать доступные ресурсы, загружать ресурсы и выполнять назначенные задания.
Семинар-тренинг произвел положительное впечатление на преподавателей и был насыщен вопросами, ответами и обсуждениями.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz