2024-yil 6-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi, “Tillar va global tadqiqotlar”, “Tarix va madaniy meros” kafedralari hamda ”Qizlarjon” klubi a’zolari hamkorligida "To'maris izdoshlari" nomli mavzuda davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyati bo’yicha boshqarmasi harbiy qism harbiy xizmatchisi kapitan T.Soliyeva va harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan ishlash katta offitseri leytenant R.Ibragimovalar oz ma’ruza va videoroliklari bilan ishtirok etib talaba-qizlarga o‘z maslahatlari va zarur tavsiyalarini berdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan targ‘ibot tadbirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Joriy yilning 5-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiуeva professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun tashkil etilgan “O‘zimga o‘zim do‘st bo‘lgan kun” nomli motivatsion trening o‘tkazdi.
Qishning sovuq kunlarida qalblarga iliqlik bag‘ishlagan tadbirda emotsional zo‘riqishning oldini oluvchi, negativ o‘y-fikrlardan xalos etuvchi, empatik his-tuyg‘ularni shakllantirishga yordam beruvchi turli mashq, texnika va o‘yinlar amaliyotda qo‘llanildi. Pol Mayerning hayotiy balans doirasi ishtirokchilarga qisqa muddatda o‘zini-o‘zi tahlil qilishga yordam beruvchi ajoyib vosita bo‘ldi.
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarga ijobiy his-tuyg‘ular ulashib, yanada samarali faoliyat yuritishi uchun ulkan motivatsiya berdi
Universitetimizning barcha talaba-yoshlari o‘rtasida asosiy bosh Qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyani keng targ‘ib qilish hamda ularning huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida turli davra suhbatlar, tadbirlar hamda o‘quv darslari o‘tkazilib kelinayapti.
Bugun 5-dekabr kuni universitetimizning barcha akademik guruhlari talabalari uchun o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv dars jarayonlari aynan Konstitutsiyamizni o‘rganishga bag‘ishlandi. Darslar yuqori saviyada o‘tkazilib unda Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va O‘zbekiston – 2030 strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida fikr-mulohazalar yuritildi. Dars jarayonlarida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
2024-yil 3-dekabr kuni "MDH davlatlarining turizm va mehmondo‘stlik sanoati uchun kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlik to‘g‘risida" mavzusida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda universitetimiz vakillari MDH davlatlarining turizm sohasi mutasaddilari bilan birgalikda qatnashdilar.
Tadbirda Turizm kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Firuz Zohidov tomonidan onlayn shaklda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlarga oid taqdimot qilindi. Taqdimot doirasida:
- O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda olib borilayotgan maqsadli ishlar, kadrlar tayyorlashga berilayotgan e'tibor,
- turizm va mehmonxona xo'jaligi sohasida o'quv dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi ta'lim muassasalarining tajribasi asosida takomillashtirilishi,
- Turizm sohasida ta'lim to'rt yillikdan uch yillikka o'takazilishi orqali talabalar bir vaqtning o'zida ixtisosligi bo'yicha ishlab, kasbiy ko'nikmalarini bevosita ish joylarida rivojlantirish imkoniyati yaratilishi haqida aytib o'tdi.
- Universitetimiz tomonidan xorijiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari doirasida, ayniqsa, UNWTO Turizm akademiyasining Samarqand kampusi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu kampus orqali turizm sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlar uchun qayta tayyorlash seminarlari tashkil etilib, mazkur tadbirlar tashkilotning professional ekspertlari tomonidan o‘tkazilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, ushbu kampusning kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalari va faoliyati haqida yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berildi. Bu tashabbus turizm va mehmondo‘stlik sohasida kadrlar malakasini oshirishga xizmat qilish bilan birga, xalqaro darajadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim poydevor ekanligi qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar yig‘ilish qatnashchilari tomonidan yuqori baholandi va alohida e’tirof etildi.
Ziyorat turizmi bo‘yicha yana bir dissertatsiya ishi himoyasi
2024-yil 07-dekabr kuni soat 11:00 da UNWTO tematik ofisida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Xoliqov Nodirjon Abduxalil o‘g‘lining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Ziyorat turizmiga oid destinatsiyalarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Adib hayoti haqida. 1942-yil 1-martda Andijon viloyatining Bo‘ston tumani Beshkal qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1959-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumanida Navoiy nomidagi o‘rta maktabni bitirdi. so‘ngra Bekobod qum-shag‘al karerida saralovchi(sortirovщik) щN ishladi. Moskvadagi A.M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida tahsil oldi(1960-66). Bir yil akademik otpusk davrida Andijon va Farg‘ona viloyatlari maktablarida o‘qituvchilik qildi(1962- 63).
2007 yili O‘zbekiston Milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Uning birinchi hikoyasi – «Lo‘litopmaslik chol» 2010 yil «Yoshlik» jurnalining 1-sonida e’lon qilingan. Yozuvchining «Qizg‘aldoq», «Bo‘ron tingan kecha», «Unitilgan kishi», «Yo‘l qarayotgan kishi» hikoya va esselari chop etildi. Uning «Bo‘ron tingan kecha» va “Tashvishi yo‘q odamlar” hikoyalar to‘plami nashr etilgan.
Shuningdek, Nurilla Chori bir necha hikoyasi turk tilida “Qardosh qalamlar” jurnalida e’lon qilingan.
Bugun 3-dekabr sanasida Konstitutsiyaning 32 yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida, “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Talabalar Parlamenti tomonidan “TALENT SHOW” – tanlovi o’tkazildi. Tanlovda talabalar notiqlik san’ati, sahna ko’rinishi, raqs, qo’shiq aytish, she’r aytish kabi yo’nalishlarda o‘z mahoratini sinab ko‘rdi.
Bugun 2-dekаbr kuni TATU Samarqand filialida "Universiada" 2024 Shaxmat va Shashka sport turlari saralash o'yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada viloyatimizdagi ko‘plab oliy ta’lim muasassalaridan kelgan jamoalar ishtirok etishdi.
Qizg‘in o‘tayotgan bellashuvlarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz