Universitetimizning “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi o‘qituvchisi Kamoliddin Boyqobilov nazariya va amaliyotni o‘yg‘unlikda olib borish maqsadida xitoy tili yo‘nalishida ta’lim olayotgan 224 va 124 guruhlari talabalari uchun Turizm markazidagi “Minyoun” mehmonxonasiga sayohati tashkil qilindi.
Sayohat davomida Choy marosimida ishtirok etgan talabalar Xitoy xalqining madaniy merosi va turmush tarzi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Shuningdek talabalarimiz choy marosimini tomosha qilish bilan birga choy ustasining mahoratini hamda chiroyli choy idishlarini tomosha qilishdi.
2024 yil 20-noyabr kuni universitetimiz talaba qizlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida stol-tennisi bo'yicha 1-2 bosqich talabalari o‘rtasida bellashuv tashkil qilindi. Musobaqada har ikki bosqich talabalari ham murosasiz kurash olib borishdi.
Bu kabi sport o‘yinlaridan ko‘zlangan maqsad avvalo talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va shahar, viloyat, respublika miqyosidagi sport musobaqalariga iqtidorli va chaqqon bo‘lgan talaba yoshlarni tanlab olishdan iborat.
Tabiat chegara bilmaydi. Ayniqsa, ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlari uchun siyosiy chegaralar begona. Shu bois ham ularni asrab-avaylash, bu turdagi hayvonlarning omon qolishi, biologik xilma-xillikni saqlashda xalqaro hamkorlik va transchegaraviy sa’y-harakatlar muhim ahamiyatga ega.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, 1979 yilda Germaniyaning Bonn shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konvensiyasi imzolangan va 1983 yilda kuchga kirgan. Mazkur Konvensiyaga 133 davlat a’zo.
Jumladan, O‘zbekiston ham Konvensiyaga 1998 yilda qo‘shilgan. BMTning ushbu Konvensiyasi ko‘chib yuruvchi hayvonlar o‘tadigan davlatlarni, poligon shtatlarini birlashtiradi va butun migratsiya zonasida xalqaro miqyosda kelishilgan tabiatni muhofaza qilish choralari uchun huquqiy asos yaratadi. 2013 yildan boshlab O‘zbekistonda Ko‘chib yuruvchi hayvonlar kunini nishonlash an’anaga aylandi.
Hayvonot olamining turli vakillari vaqti-vaqti bilan faqat tur sifatida yashab qolish uchun xavfli va sillani quritadigan sayohatga chiqadi. Bu jarayonda ularning omon qolishi, xavfsizligi xalqaro hamkorlikni, jipslikdagi sa’y-harakatlarni taqozo etadi. Shu bois ham ushbu sanani nishonlash orqali jamoatchilik va olimlar odamzod yaratgan turli to‘siqlarga uchrab, halok bo‘layotgan ko‘chib yuruvchi hayvonlar muammosiga e’tiborni qaratishni istaydi.
Joriy yil 31 mayda qabul qilingan “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarorida ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi ijrosini ta’minlash maqsadi ham o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, Samarqandda Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Mazkur qarorda ushbu sana munosabati bilan mas’ul vazirlik va idoralar, oliy ta’lim va ilmiy muassasalar ishtirokida konferensiyalar, davra suhbatlari va uchrashuvlar, tadbirlar tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish vazifalari belgilangan. Ekologik muammolarni yumshatish, biologik xilma-xillikni saqlashda bu kabi tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Tabiatni, hayvonot olamini asrash insoniyat oldidagi vazifa ekanligini unutmaslik lozim.
2024-yil 15-noyabr kuni Janubiy Koreyaning Madaniy meros agentligi vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurib, madaniy merosni asrash va turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildilar.
Delegatsiyaga Koreya Madaniy meros agentligining xalqaro hamkorlik loyihalari jamoasi vakili Seo Ji-yeong boshchilik qildi. Shuningdek, delegatsiya tarkibidan Koreya Turizmni rivojlantirish instituti prezidenti Pak Suk-jin, Korea-ASEAN Lab bosh direktori Kim Sieun va ushbu tashkilotning tadqiqotchisi Pak Su-in ham joy oldi.
Uchrashuvda universitetning ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, Xalqaro hamkorlik bo‘limi va Tarix va madaniy meros kafedrasi boshliqlari ishtirok etishdi.
Tashrif davomida koreyalik delegatsiya Samarqanddagi madaniy meros loyihasi yuzasidan amalga oshirilgan ishlanmalari bilan o‘rtoqlashdi. Ularning uch yillik sa’y-harakatlari natijasida yaratilgan konservatsiya faniga bag‘ishlangan nazariy kitob va uning o‘zbek tiliga tarjimasi asosiy mavzulardan biri bo‘ldi. Kitobni ilmiy va amaliy jihatdan qo‘llash bo‘yicha rejalari muhokama qilindi.
Delegatsiya shuningdek, kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, Samarqandning boy madaniy merosini barqaror turizm resursi sifatida foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Ular janubiy koreyalik va o‘zbek ekspertlar o‘rtasida tajriba almashinuvini kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Tashrif yakunida akademik hamkorlikni chuqurlashtirish, qo‘shma loyihalar tashkil etish va madaniy merosni saqlash hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi madaniy va akademik aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi yana bir qadam bo‘lib, global merosni asrash borasidagi umumiy intilishlarni aks ettiradi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiуeva va tyutor S.Abbasova TTJga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan talaba qizlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuv doirasida universitet vakillari qizlarning yashash xonalari, oshxonani ko‘zdan kechirib, TTJda o‘rnatilgan tartib-intizom qoidalariga rioya etish borasida tushuntirish ishlari olib borishdi. D.Turdiуeva tomonidan o‘tkazilgan psixoprofilaktik suhbat chog‘ida qizlarning fikr-mulohazalari tinglanib, turli hayotiy vaziyatlarda o‘zini qanday tutish lozimligi bo‘yicha konstruktiv psixologik tavsiyalar berildi.
Ushbu kitob “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti, Xitoy madaniyat va turizm Akademiyasi, YUNESKOning Ipak yo'llari bo'ylab barqaror meros turizmi kafedrasi tomonidan tahrir qilinib nashrga berildi.
Kitobning kirish qismida Evropa va Sharqiy Osiyo o'rtasida strategik hududda joylashgan Markaziy Osiyo azaldan sivilizatsiyalar chorrahasi bo'lib, ulkan Evroosiyo qit'asi bo'ylab savdo va madaniy almashinuv uchun muhim kanal bo'lib xizmat qilganligi aytiladi. Asrlar davomida bu mintaqa Sharq va G'arb madaniyatlarining yaqinlashishiga yordam beradigan ko'prik vazifasini bajargan. Bugungi kunda Markaziy Osiyo tarix va meros xazinasi bo'lib turibdi, uning boy va asl madaniyati sayyohlar sonini ko'paytirmoqda. Shuningdek kitobda yurtimizning sayyohlik salohiyati e'tirof etilgan holda, mamlakatimizda vizasiz va elektron viza tizimlari, soddalashtirilgan sayohat qoidalari va kengaytirilgan xizmatlarni joriy qilganligi aytilgan.
Joriy yilning 16-noyabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida o‘tkazilgan “Barqaror rivojlanish va atrof-muhitni boshqarishni rivojlantirishning uslubiy masalalari” ga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada universitetimiz prorektori, prof. Tongsyan Toni Zou “Sanoatni Orol dengizining ekologik tiklanishiga erishish uchun almashtirish” mavzusida qildi. Universitetimiz prorektori, prof. T.Zou ma’ruzasi Orol dengizidagi dala ishlarini olib borishga asoslangan bo‘lib, unda butun dunyoda Orol dengizini tadqiq etishdagi taraqqiyot, Orol dengizidagi ekologik inqirozning holati, sabablari va potentsial yechimlari bayon etilgan.
An’anaviy suv iste’mol qiluvchi qishloq xo‘jaligi o‘rniga eko qishloq xo‘jaligi, turizm va madaniy ijodkorlikni joriy etish Orol dengizining ekologik tiklanishiga erishish yechimlaridan biri sifatida taklif etildi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Germaniyadan 120 ga yaqin olim va talabalar ishtirok etdi.
Joriy yilning 14-15 noyabr kunlari Samarqand shahrida "Besh tashabbus" sport musobaqalari doirasida sportning Voleybol turi bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada viloyatimizdagi oliy ta’lim muasassalari talabalari o'zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli o‘tgan musobaqada universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.
18-noyabr kuni Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasida faoliyat yurituvchi “Campus France” loyihasi maxsus vakili Alice MOT xonim va Samarqand shahridagi “Fransuz Alyansi” markazi direktori hamrohligida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida universitet rahbariyati bilan uchrashuv tashkil o‘tkazilib, unda universitetimiz va Samarqanddagi “Fransuz Alyansi” oʻrtasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, Alice MOT xonim o‘z tashrifi doirasida universitet talabalariga Fransiyada tahsil olish yo‘llari va imkoniyatlari bilan tanishtirish uchun Campus France tizimini taqdimot etib talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi 5148-sonli qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining tavsiyasiga muvofiq, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 18-29 yoshli talabalari o‘rtasida sport sinovlarini ixtiyoriy va maxsus talablarini bajarib gʻolib va sovrindor boʻlgan 6 nafar talabalariga I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonlari va sport formalari topshirildi.
Ushbu mukofotlarni topshirish marosimida viloyat sport boshqarmasi xodimlari hamda universitetimiz mutasaddilari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz