Bugun 15-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida viloyat IIB hamda qator mas’ul idoralar vakillari hamkorligida “Psixotrop moddalarning noqonuniy muommilasiga qarshi kurashish” mavzuida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Sir emas, bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar o‘rtasida psixotrop moddalarni iste’mol qilish, uning noqonuniy muommalisiga aralashib qolish holatlari yuz bermoqda. Tadbirda viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan respublikamizda hamda Samarqand viloyatida yoshlar o‘rtasida yuz berayotgan ushbu salbiy holatlar xususida ma’lumotlar aytildi.
Samimiy ochiq muloqot tarzida o‘tgan targ‘ibot tadbirida mutasaddilarga talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Shuningdek tadbirda psixotrop moddalarning noqonuniy muommilasi, yoshlarning ushbu holatlarga bilib bilmay qo‘shilib qolishi yuzasidan tayyorlangan videorolik namoyish qilindi.
Ushbu targ‘ibot tadbiridan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashi mumkin bo‘lgan bu kabi salbiy holatlarning oldini olish va yoshlarda immunitet yaratishdan iborat.
Joriy yilning 14-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiуeva va tyutor P.Islomov “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-босқич 124-guruh talabalari uchun ajoyib tadbir tashkil qilishdi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad, guruhda jamoaviy birdamlikni shakllantirish edi. Zero, har qanday jamoadagi ijobiy muhit – samaradorlik va muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi.
Motivatsion trening shaklida o‘tgan uchrashuvda talabalarning ayni damdagi ruhiy holati aniqlandi, psixoemotsional zo‘riqishning oldini oluvchi mashqlar qo‘llanildi. Talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlar, jipslikni shakllantirishga qaratilgan amaliyotlar bajarildi.
Bugun universitetimizda har yili doimiy ravishda o‘tkazilib kelinadigan “Yilning eng faol talabasi” respublika tanlovining universitet bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda universitetimizning eng faol va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. Nomzodlarni universitetimiz tomonidan tashkil qilingan komissiya a’zolari tanlab oldi. G‘oliblar keyingi bosqichda ishtirok etadi.
Turizm va madaniy meros sohasida ta’lim olayotgan talabalar doimiy ravishda tarixiy obidalarni yaqindan o‘rganishi va o‘z bilim va malakasini boyitib borishi lozim. Universitetimiz tyuterlari tomonidan Samarqand shahriga tashkil qilingan sayohatlardan ko‘zlangan maqsad ham ichki turizmni rivojlantirish va talaba yoshlarning bilim va malakasini oshirishdan iborat. Kuni kecha oliygohimizning Man-124 va Man-224 guruhlari talabalari ko‘hna kentning qator obidalarida ziyorat qilishdi.
Joriy yilning 11-12-noyabr kunlari "Besh tashabbus" sport musobaqalari doirasida sportning Mini futbol turi bo'yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Ushbu musobaqada viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muasassalari talabalari o'zaro bellashdi. Sport musobaqasida universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarga ega chiqdi.
2024-yil 14-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridagi Sankt-Peterburg boshqaruv texnologiyalari va iqtisodiyoti universitetining fan va xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Anna Rumyanseva hamda Sankt-Peterburgdagi Turizm va mehmondoʻstlik sohasida malaka oshirish markazi bosh direktori Marina Morozovalar tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda Sankt-Peterburg boshqaruv texnologiyalari va iqtisodiyoti universiteti va Turizm va mehmondoʻstlik sohasida malaka oshirish markazi bilan universitetimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun almashinuv dasturlarini tashkil qilish, turizm va mehmondo‘stlik sohasida malaka oshirish, Rossiyadagi turizm sohasi bitiruvchi talabalarini universitetimizga magistratura dasturlariga taklif qilish, shuningdek Rossiyadan yuqori salohiyatli professorlarni tadqiqotchilarimiz uchun ilmiy rahbarlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish masalalarida ham yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muloqot olib borildi.
Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini yanada kengaytirish maqsadida bugun 14-noyabr kuni 2-bosqich Guide 123-223 guruh talabalari tyuteri boshchiligida qirg‘iz kino ijodkorlari tomonidan yaratilgan “Jannat onalar oyogi ostida” nomli kino filmni tomosha qilishdi va bir olam taassurot olishdi.
Har yili dunyoning ko‘plab davlatlarida muhim ekologik sana — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni nishonlanadi.
Bugungi kunda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan bu borada qator amaliy ishlar qilinmoqda. Bugun 14-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham 15-noyabr — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi qaroriga asosan respublikada chiqindilarni alohida yig‘ish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilayotganligi xususida gapirilib, ushbu muhim xujjatning mazmun-mohiyati xususida ma’ulmotlar berildi. Ma’lumot uchun bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda maishiy va sanoat chiqindilarining 40-60 foizi qayta ishlanadi. Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Joriy yilning 13-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Samarqand turizm va madaniy meros texnikumiga tashrif buyurdi va faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif chogʻida texnikumda Janubiy Koreyaning Kongvon milliy universiteti hamda Belorussiyaning Gomel davlat kulinariya kolleji bilan hamkorlikda xalqaro qoʻshma dasturlar asosida oʻqitilayotgan "Turizm", "Servis va turizm" hamda "Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish" mutaxassisliklari boʻyicha qilingan ishlar boʻyicha yaqindan tanishib chiqdi.
Shuningdek, oʻquvchilarga qulayliklarni koʻpaytirish, dual taʼlimni rivojlantirish, oʻquvchilar amaliyotini samarali tashkil etish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Uchrashuv soʻngida vazir “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ko‘chatini ekdi.
Joriy yilning 12-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiуeva sirtqi ta’lim shaklining “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari uchun “Men va boshqalar” nomli psixologik trening o‘tkazdi.
Tadbirda qo‘llanilgan psixologik amaliyotlar guruhdagi muhitni yaxshilash, talabalar o‘rtasidagi jamoaviy ruh, birdamlikni shakllantirish, emotsional zo‘riqishdan xalos bo‘lishga qaratildi.
D.Turdiуeva ijobiy fikrlash orqali nafaqat ruhiy barqarorlikka, balki maqsad-niyatlarga erishish mumkinligi to‘g‘risida batafsil to‘xtaldi. Trening natijalariga ko‘ra, talabalar ko‘tarinki kayfiyat va faqat oldinga intilish yo‘lida ulkan motivatsiya olishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz