Payshanba, 14 Noyabr 2024 15:24

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning 13-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Samarqand turizm va madaniy meros texnikumiga tashrif buyurdi va faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif chogʻida texnikumda Janubiy Koreyaning Kongvon milliy universiteti hamda Belorussiyaning Gomel davlat kulinariya kolleji bilan hamkorlikda xalqaro qoʻshma dasturlar asosida oʻqitilayotgan "Turizm", "Servis va turizm" hamda "Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish" mutaxassisliklari boʻyicha qilingan ishlar boʻyicha yaqindan tanishib chiqdi.

Shuningdek, oʻquvchilarga qulayliklarni koʻpaytirish, dual taʼlimni rivojlantirish, oʻquvchilar amaliyotini samarali tashkil etish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Uchrashuv soʻngida vazir “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ko‘chatini ekdi.

O'qilgan 170 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar