Juma, 15 Noyabr 2024 15:22

Universitetimizda “Psixotrop moddalarning noqonuniy muommilasiga qarshi kurashish” mavzuida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bugun 15-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida viloyat IIB hamda qator mas’ul idoralar vakillari hamkorligida “Psixotrop moddalarning noqonuniy muommilasiga qarshi kurashish” mavzuida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Sir emas, bugungi kunda jamiyatimizda yoshlar o‘rtasida psixotrop moddalarni iste’mol qilish, uning noqonuniy muommalisiga aralashib qolish holatlari yuz bermoqda. Tadbirda viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan respublikamizda hamda Samarqand viloyatida yoshlar o‘rtasida yuz berayotgan ushbu salbiy holatlar xususida ma’lumotlar aytildi.

 Samimiy ochiq muloqot tarzida o‘tgan targ‘ibot tadbirida mutasaddilarga talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Shuningdek tadbirda psixotrop moddalarning noqonuniy muommilasi, yoshlarning ushbu holatlarga bilib bilmay qo‘shilib qolishi yuzasidan tayyorlangan videorolik namoyish qilindi.

 Ushbu targ‘ibot tadbiridan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashi mumkin bo‘lgan bu kabi salbiy holatlarning oldini olish va yoshlarda immunitet yaratishdan iborat.

O'qilgan 146 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar