2024-yilning 12-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti xotin-qizlar kengashi a'zolari tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Tibbiy madaniyatni oshirish”, “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish” mavzularida soha mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda mutaxassislar xotin-qizlar salomatligini yanada mustahkamlash yuzasidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati, “Qizlar gigienasi farovon oila asosidir”, “Kelajak-bo‘lajak onalar qo‘lida” mavzularida gapirishdi.
Tadbirda viloyat Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi reproduktiv markazi bo‘lim mudiri, ginekolog Dilorom Mamatova ishtirokchilarga “Erta nikoh va erta tug‘ruq, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, “Qizlar gegienasi salomatlik garovi”, “Oilada tibbiy madaniyatning o‘rni” mavzularida zarur tavsiyalarini berdi.
Universitetimizning “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi o‘qituvchisi Sitora Azizova koreys tiliining eng yuqori darajasi bo‘lgan C1 darajasiga egalik to‘g‘risidagi sertifikatga qo‘lga kiritdi.
Universitetimiz jamoasi ushbu muvaffaqiyat bilan o‘qituvchimiz Sitora Azizovani muborakbod etadi.
Universitetimizning “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Taxmina Akramova ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha jahonda tan olingan sertifikatdan(CELTA) 5-darajani egallaganligini to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘ldi. Ushbu sertifikat ingliz tilida ravon gaplasha oladigan va grammatik jixatdan yuqori bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarga beriladi.
Taxmina Akramovani universitetimiz jamoasi ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi.
Joriy yilning 8-noyabr kuni Samarqand davlat universitetida "Besh tashabbus" sport musobaqalari doirasida sportning Stritbol turi bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada viloyatimizdagi oliy ta’lim muasassalari talabalari o'zaro bellashdi. Sport musobaqasida universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
11-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Turkiyadagi “Heritage Projects” asoschisi Usmon Murat Akan va Madaniy meros platformalari tashkilotida “Heritage ko‘rgazmalari” direktori Zubayde Akbayir xonim tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif madaniy merosni asrab-avaylashda hamkorlikni rivojlantirish va madaniy merosga asoslangan ta’lim, tadqiqot va targ‘ibot ishlarida o‘zaro manfaatlarni rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Mehmonlar universitet rahbariyati hamda universitetimiz professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib qator amaliy muloqotlar o‘tkazdi. Asosiy e'tibor hamkorlikning potentsial yo'nalishlarini o'rganishga, xususan, madaniy merosga bag'ishlangan konferentsiyalar, ko'rgazmalar va seminarlar tashkil etishga qaratildi.
Ushbu tadbirlar o‘zaro xalqaro aloqalarni o'rnatish va madaniy merosni saqlagan holda rivojlantirishda yangi platforma bo'lib xizmat qiladi.
Joriy yilning 6-noyabr kuni Samarqand shahridagi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Besh tashabbus" sport musobaqalari doirasida sportning stol-tennisi turi bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada viloyatimizdagi oliy ta’lim muasassalari talabalari o'zaro bellashdi. Sport musobaqasida universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarga ega chiqdi.
Universitetimiz talabalari o‘rtasida ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 8-noyabr kuni TH-224, TH-324 va TH-424 guruhlarida ta’lim olayotgan bir guruh talabalar Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va Shohi Zinda masjid majmualarini ziyorat qilishdi.
Talaba-yoshlarimiz ushbu qadamjolarni ziyorat qilish bilan birga, ularning buguni va tarixi bilan yaqindan qiziqdi.
Joriy yilning 8-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiуeva va tyutor P.Islomov tomonidan “Turizm menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 124-guruh talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Har bir talabalar guruhi katta jamoaning kichik bo‘lagi hisoblanadi. Shunday ekan, guruhdagi ijobiy psixologik, jamoaviy ruh, birdamlik muhit yigit-qizlarning sifatli, manfaatli ta’lim olishiga poydevor yaratadi. Bugungi tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham talabalarning ruhiy barqarorligiga erishish, ularga psixologik madad berish edi.
Bugun 9-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil kelajak” umumrespublika marafoni o‘tkazildi. Marofonda “Ipak yo‘li” turizm va mdaniy meros xalqaro universitetining bir guruh faol bo‘lgan professor-o‘qituvchilari, xodimlari ham ishtirok etishdi. Dastlab tadbirda onlayn tarzda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengashining Raisi Amanbay Orinbayev va Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov so‘z olib ushbu loyihaning ahamiyati xususida gapirishdi va respublika miqyosidagi barcha oliy ta’lim muasassalariga loyiha doirasida ko‘chat ekishga start berildi.
Marofon doirasida universitetimiz huzuridagi Turizm akademiyasi hovlisiga turli xildagi 200 ga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan 7-8 noyabr kunlari universitetimiz kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan oliygoh sport klubi bilan hamkorlikda universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil qilindi.
Bugun 8-noyabr kuni universitetimiz professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida sporting stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. Musobaqada universitetimiz erkaklar va ayollaridan iborat xodimlari o‘zaro jamoalarga bo‘lingan holda ishtirok etishdi.
Sport musobaqalari yakuni bilan universitetimiz rahbariyati hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi sport, turizm va madaniyat birlashmasi boshlig‘i T.Alqarov so‘z olib barchani ushbu bayram bilan qizg‘in qutladi.
Bayram tadbirida shaxat-shashka, stol tennisi sport o‘yinlaridan birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan barcha professor-o‘qituvchilarga hamda xodimlarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz