press

press

8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan bugun 2-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda universitetimizning eng iqtidorli talaba-yoshlari o‘zaro bellashdi. Talabalar tomonidan “Mening Konstitutsiyam”, “Konstitutsiya faxrimiz” kabi mavzularda bir biridan ajoyib ijodiy ishlarga qo‘l urildi.

Tanlov g‘oliblari universitetimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda e’lon qilinadi.

Universitetimizda 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan turli tadbirlar, davra suhbatlari tashkil qilinishi belgilangan. Bugun 2024-yilning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 32 yilligi munosabati bilan bugun 2-dekabr kuni bir guruh talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan test sinovlari o‘tkazildi. Test jarayonlarida talabalar asosiy Qomusimizda belgilangan qonunlardan tushgan savollarga javob topishdi. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarimizga qonunlarimizni yaqindan o‘rgatish va xuquqiy savodxonligini oshirishdan iborat. 

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Tongsyan Zou Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi 7-халқаро Фorumida ishtirok etdi.

Forumda dunyoning yetakchi ekspertlari, olimlari va hukumat vakillari ishtirokida “Bir kamar, bir yoʻl” tashabbusi doirasida turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ahamiyatlisi ushbu xalqaro Forumda universitetimiz prorektori, prof. Tongqian Zou ishtirok etib “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining ilm-fan, tadqiqot va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan ishlari, turizmni barqaror rivojlantirishga va madaniy merosni saqlashda jonbozlik ko‘rsatib kelayotganligini taʼkidladi. Shuningdek Forum bilim almashish va global aloqa va madaniy almashinuvni mustahkamlashga qaratilgan yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platformaga aylandi.

Bundan tashqari, forumda mintaqada turizmni rivojlantirish strategiyalarining akademik muhokamasi xususida “Markaziy Osiyo uchun Sharq turizmi marketingi strategiyalari” nomli yangi kitob taqdimoti o‘tkazildi.

Joriy yilning 28-noyabr kuni universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Muhammad Shohparan “Havo transportini boshqarish” fanining 2-bosqich Log-123-guruh talabalari bilan birgalikda Samarqand xalqaro aeroportiga tashrif buyurishdi.

Talabalar o‘qituvchi bilan birga aviakompaniyaning marketing strategiyasi, yo'lovchilar dam olish maskanlari, bojsiz savdo do'koni, bojxona, immigratsiya va boshqa shu kabi amaliy kuzatish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Bundan ko‘zlangan maqsad talaba yoshlarimizni turizm sohasidagi mehmondo‘stlik amaliyoti bilan yaqindan tanishtirish, yuqori saviyada xizmat ko‘rsatish hamda ularning malakasini oshirishdan iborat.

“Tarjima nazariyasi va amaliyoti: xitoy tili” fakultetining 5 nafar talabasi xitoy tilini o‘rganishdagi faolligi va tezkorligi sabab pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu talabalarimiz o‘qituvchilari Kamoliddin Bayqobilov, Xan Meyran va Vu Vivyen bilan birgalikda Toshkentga tashrif buyurishdi. Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Yu Junning talabalarimizga tantanali ravishda ushbu pul mukofotini topshirdi.

Universitetimiz jamoasi va talabalari ham ushbu talabalarimizni muborakbod etamiz.

29-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati OIV va OITS haqida global xabardorlikni oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda universitetimiz talabalariga viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy bo‘limi sanitariya vrachi A.Jo‘raev ma’ruza qildi. Mutaxassis o‘z ma’ruzasida OIV va OITSga qarshi kurashish,uning kelib chiqish omillari haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng barcha talabalarga mavzu yuzasidan tayyorlangan bukletlar tarqatildi.

Universitetimizning “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi koreys tili o'qituvchisi Sitora Azizova yana bir bor Topik 5-C1 daraja sohibiga aylandi. Sitora Azizovani ushbu muvaffaqiyati bilan universitetimiz jamoasi nomidan muborakbod etamiz! Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin.

9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bir qator targ‘ibot tadbirlari, tanlovlar o‘tkazilib kelinayapti.

Bugun 29-noyabr kuni universitetimiz faollar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimligi Turizm boshqarmasi bosh yurist konsultanti B.Mamedov so‘z olib, korrupsiya jamiyat illati ekanligi unga qarshii kurashishda barcha birdek faol bo‘lishi lozimligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng  28-noyabr kuni universitetimiz talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.

Iqtidorli talabalarimiz korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida chizilgan rasmlar universitetimiz kanalida berib boriladi.

Bugun 28-noyabr kuni "Ipak yo’li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, universitet profilaktika noziri Sh.Qurbonov,  psixolog D.Turdieva va tyutor P.Islomovlar tomonidan “25-noyabr-Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni" hamda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi munosabati bilan "Zo‘ravonnliksiz oila-farovon hayot sari" shiori ostida talaba-qizlar o‘rtasida davra suhbati va anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.

Приглашаем вас на вебинар, который проведет региональный представитель компании Clarivate в Узбекистане, Диана Абдумуминова (PhD).

 Тема: Использование платформ PIVOT-RP и международной научной базы данных Web of Science

Дата и время: 29 ноября 2024 года, 14:00

 Место проведения: Международный университет туризма и культурного наследия «Шелковый путь», аудитория 108

 Адрес: г. Самарканд, Университетский бульвар, 17

Этот вебинар поможет вам эффективно организовать научно-исследовательскую деятельность и освоить навыки работы с международными базами данных.

25 dan 126 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar