9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bir qator targ‘ibot tadbirlari, tanlovlar o‘tkazilib kelinayapti.
Bugun 29-noyabr kuni universitetimiz faollar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimligi Turizm boshqarmasi bosh yurist konsultanti B.Mamedov so‘z olib, korrupsiya jamiyat illati ekanligi unga qarshii kurashishda barcha birdek faol bo‘lishi lozimligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng 28-noyabr kuni universitetimiz talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.
Iqtidorli talabalarimiz korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida chizilgan rasmlar universitetimiz kanalida berib boriladi.