Dushanba, 02 Dekabr 2024 11:31

Nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligi talaba-yoshlarning bilim va malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda

Joriy yilning 28-noyabr kuni universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Muhammad Shohparan “Havo transportini boshqarish” fanining 2-bosqich Log-123-guruh talabalari bilan birgalikda Samarqand xalqaro aeroportiga tashrif buyurishdi.

Talabalar o‘qituvchi bilan birga aviakompaniyaning marketing strategiyasi, yo'lovchilar dam olish maskanlari, bojsiz savdo do'koni, bojxona, immigratsiya va boshqa shu kabi amaliy kuzatish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Bundan ko‘zlangan maqsad talaba yoshlarimizni turizm sohasidagi mehmondo‘stlik amaliyoti bilan yaqindan tanishtirish, yuqori saviyada xizmat ko‘rsatish hamda ularning malakasini oshirishdan iborat.

O'qilgan 160 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar