press

press

Joriy yilning 25-30 noyabr kunlari Xitoyning Sun Yatsen universitetining 100 yilligi munosabati bilan ushbu universitetda “UNESCO UNITWIN 2024” 8-konferensiyasi bo'lib o'tdi.

YUNESKOning “Ipak yo‘llari bo‘ylab barqaror meros turizmi” kafedrasi hamkori sifatida professor T.Zou ushbu konferensiyada “Ipak yo‘li madaniy merosi: ijtimoiy konstruksiya va turli munozaralarda tanqid” mavzusida ma’ruza qildi. Professor o‘z ma’ruzasida Markaziy Osiyo tomonidan Ipak yo‘lining turli ijtimoiy tuzilmalari tahlil qilindi. Ma’ruza Xitoy, Rossiya, AQSh, Turkiya, Hindiston, Yaponiya va Koreyadan tashrif buyurgan  UNESCO UNITWIN a'zolari bo‘lgan olimlar tomonidan katta muhokama va munozaralarga sabab bo‘ldi.

Shuningdek 1-dekabr kuni Sun Yatsen universiteti Turizm maktabi tomonidan Turizm ta’limi bo‘yicha 1-global dekanlar forumi tashkil qilindi. Professor Tongsyan Zou ushbu forumda “Markaziy Osiyoda oliy turizm ta’limi: hozirgi holat va kelajak yo‘nalishlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ahamiyatlisi, ushbu ma’ruza ham dunyoning 20 dan ortiq davlati turizm kollejlari va universitetlari dekanlari va rektorlarida katta qiziqish uyg‘otdi.

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Wakayama universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga ushbu universitet qoshidagi Turizm tadqiqotlar markazi rahbari Etsuko Xigashi xonim boshchilik qildi.

Delegatsiya vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuv davomida universitetimiz talabalari tomonidan almashinuv dasturi, magistratura boshqichida tahsil olish mezonlari, xalqaro talabalarga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari, grant imkoniyatlari va qabul jarayonlari haqidagi berilgan savollariga Wakayama universiteti vakillari batafsil javob berishdi.

Shuningdek, hamkorlikda "Yaponiyalik sayyohlarning O‘zbekiston haqidagi tasavvurlari” mavzusida olib borilayotgan loyihada amalga oshiriliyatgan ishlar yuzasidan ma’lumot almashildi. Ushbu loyiha O‘zbekiston turizm salohiyati, madaniy merosi, madaniyati va milliy qadriyatlarini Yaponiyada keng targ’ib qilish orqali O’zbekistonga tashrif buyuruvchi yaponiyalik sayyohlar sonini oshirishga qaratilgan.

Tashrif yakunida Wakayama universiteti delegatsiyasi universitet kampusi va UNWTO Samarqand turizm akademiyasi infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirildi.  

Chorshanba, 11 Dekabr 2024 16:56

 DIQQAT E’LON!!!  

TANLOVDA FAOL BO‘LING VA MUVAFFAQIYАTGA ERISHING

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining (38-q/q) hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining (01-03/857)-sonli 2024-yil 9-oktabrdagi qo‘shma qarori ijrosi yuzasidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Ma’rifat maydoni”, “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazishini e’lon qiladi.

Ishtirok etishni istagan talabalar universitet Yoshlar yetakchisi S.Haydarovga murojat qilishlari so‘rladi.

Universitetimiz Turizm kafedrasi mudiri Akmaljon Odilov hamda O’quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo’limi boshlig’i Muhammadmurod Yorqulov ayni kunlarda Indoneziyada xizmat safarida bo’lib turibdi. Xizmat safari davomida Indoneziya turizm salohiyati o’rganilmoqda hamda turizm sohasiga ma’sul hukumat, xususiy sektor va oliy ta’lim muassasalari vakillari uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

Safar davomida ortirilgan tajriba asosida kelgusida universitetni, davlat va xususiy sektorni rivojlantirishda foydalaniladi.

Chorshanba, 11 Dekabr 2024 12:52

DIQQAT E'LON :

Innovatsion rivijlanish agentligi huzuridagi ilmiy-texnik axborot markazi, Turkiyaning “Mikro Information Handling and Distribution FZE” kompaniyasi tomonidan 2024-yil 18-dekabr kuni soat 15:00da ushbu kompaniya hamda Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi hamkorligida Innovatsion rivojlanish agentligi ma’muriy binosida (Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 7-uy) seminar trening tashkil etiladi. Seminarda qiziqish bildirgan xodimlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Respublika miqyosida turizm sohasini yanada rivojlantirish hamda iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘inlaridan biriga aylantirishda, gastronomik turizm, ziyorat turizmi, eko turizm, agro turizm, sport turizmi va boshqa shu kabi turizm sohalarining taraqqiy etishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bugungi kunda rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari, innovatsion g‘oyalarning o‘rni beqiyos.

Shu maqsadda turizm sohasida yoshlarning innovatsion g‘oyalarini rivojlantisirsh hamda amaliyotda joriy qilishga ko‘maklashish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2024-yil 17- dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Turizm sohasidagi eng yaxshi startap loyihasi” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

Startap loyihasiga qo‘yiladigan shartlar:

- 1, 2, 3 va 4-kurslar orasidagi startap ijrochilarining yoshi 30 dan oshmasligi;

- 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa aʼzolari soni 3 nafardan oshmasligi lozim);

- Startap loyihalarini amalga oshirishning eng uzoq muddati bir yil boʻlishi.

- Loyihani moliyaviy asoslab berish; unga ketadigan material, materiallarning narxi va shu narxda qayerdan sotib olinishi mumkinligi haqidagi ma’lumot.

Ushbu loyiha yoshlarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

- Startap yaratish bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash.

- Loyihaning samarali taqdimotini tashkil etish hamda investor jalb qilish.

- Innovatsion startap taqdimotlari bilan tanishish.

- Qizg‘in muhokamalarda ishtirok etish va boshqalar.

Ishtirokchilar quyidagi manzil orqali bog‘lanib, 15-dekabrgacha registratsiyadan o‘tishi lozim. Startaplar taqdimoti 17-dekabr kuni soat 14:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida bolib o‘tadi.

Murojaat uchun:

Universitet yoshlar yetakchisi S.Haydarov

+99899 446 59 46

 "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Koreya milliy ta'lim universiteti vakillari tashrif buyurishdi. (Ma’lumot uchun, ushbu universitet dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatorida bo‘lib, QS reytingida TOP-300 talikdan o‘rin olgan Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi.)

Tashrif davomida mehmonlar universitet rahbariyati tomonidan samimiy kutib olinib, oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. So’ngra tashkil etilgan uchrashuv doirasida ta’lim sohasidagi ilg‘or tajriba va innovatsiyalarni o‘rganish, koreys tilida dars berayotgan professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek  koreys tilini o‘rganayotgan talabalarni yozgi maktablarga jalb qilish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar, shuningdek, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va universitetlararo aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi arafasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarining Markaziy harbiy okrugga qarashli harbiy qismga sayohati tashkil qilindi.

Talaba-yoshlar Markaziy harbiy okrugda yaratilgan sharoyitlar, amaliy mashg‘ulotlar jarayonlari hamda tarix muzeyida vatanimiz tarixini o‘zida aks ettirgan eksponatlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Bugun 10-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ipak yo‘lidagi madaniyatlar chorrahasi” mavzusida talabalar festivali tashkil qilindi. Tarixdan ma’lumki, tarixi ming yillarga borib taqaluvchi Ipak yo‘lida nafaqat savdo sotiq rivoj topganligi balki madaniyatlar  chorrahasi bo‘lganligi bilan ham ma’lum va mashhur. Festivalda universitetimiz iqtidorli talaba-yoshlari guruhlarga bo‘lingan holda Ipak yo‘lida joylashgan xalqlarning madaniyatini va san’atini namoyish qilishdi.

Bugun 6-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi hamda “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi hamkorligida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan “Turizm va menejment” fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-qizlarning huquqiy ongi, savodxonligini yanada oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
Bellashuvda talaba-qizlarimiz “Lider qizlar”, “Bibixonim”, "Qomus", "Adolat" va "O'zbegim qizlari" nomli jamoalarda o'zaro kuch sinashdi. Bilimlar bellashuvida “Lider qizlar”, “Bibixonim” jamoalari eng yuqori natija ko'rsatib birinchi va ikkinchi o'rinlarni qo‘lga kiritishdi. G'olib va sovrindorlarga sertifikat va esdalik sovg’alari topshirildi.

23 dan 126 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar