Joriy yilning 25-30 noyabr kunlari Xitoyning Sun Yatsen universitetining 100 yilligi munosabati bilan ushbu universitetda “UNESCO UNITWIN 2024” 8-konferensiyasi bo'lib o'tdi.
YUNESKOning “Ipak yo‘llari bo‘ylab barqaror meros turizmi” kafedrasi hamkori sifatida professor T.Zou ushbu konferensiyada “Ipak yo‘li madaniy merosi: ijtimoiy konstruksiya va turli munozaralarda tanqid” mavzusida ma’ruza qildi. Professor o‘z ma’ruzasida Markaziy Osiyo tomonidan Ipak yo‘lining turli ijtimoiy tuzilmalari tahlil qilindi. Ma’ruza Xitoy, Rossiya, AQSh, Turkiya, Hindiston, Yaponiya va Koreyadan tashrif buyurgan UNESCO UNITWIN a'zolari bo‘lgan olimlar tomonidan katta muhokama va munozaralarga sabab bo‘ldi.
Shuningdek 1-dekabr kuni Sun Yatsen universiteti Turizm maktabi tomonidan Turizm ta’limi bo‘yicha 1-global dekanlar forumi tashkil qilindi. Professor Tongsyan Zou ushbu forumda “Markaziy Osiyoda oliy turizm ta’limi: hozirgi holat va kelajak yo‘nalishlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ahamiyatlisi, ushbu ma’ruza ham dunyoning 20 dan ortiq davlati turizm kollejlari va universitetlari dekanlari va rektorlarida katta qiziqish uyg‘otdi.