press

press

O'zbekiston Xususiy Sayyohlik Tashkilotlari Uyushmasi (APTA), "ADVANTOUR" kompaniyasi va AQSHning Toshkentdagi elchixonasi hamkorligida San-Diego (AQSH) sayyohlik kompleksi ijrochi direktori Aleks Uardning universitetimiz talabalarimizga "Travel Agent Training: Modern Approaches to Sales and Customer Service" mavzusida ma’ruza qildi. Amerikalik mehmon o‘z ma’ruzasida turizmdagi muhim jihatlar, mehmonni kutib olish unga xizmat ko‘rsatish kabilar haqida zarur tavsiya va ma’lumotlar berdi. Shu o‘rinda talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Umuman olganda bu kabi talaba va turizm sohasida faoliyat yuritayotgan malakali xorijlik mutaxassis muloqoti amaliy natijaga egaligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ushbu ma’ruza va misollar, foydali ma’lumotlar talabalarimizning kelgusidagi ish jarayonlarida, amaliyotida muhim rol o‘ynaydi.

Bugun 27-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Slovakiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi janob Viktor Boretskiy Slovakiyaning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lgan ESVA universitetining Iqtisodiyot fakulteti dekani hamrohligida tashrif buyurdi.

Dastlab mehmonlar universitet rahbariyati tomonidan kutib olindi va oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan so‘ng Slovakiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi janob Viktor Boretskiy bilan universitetimiz rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama muloqot tashkil qilindi.

Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad Slovakiya universitetlari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o'rtasida talabalar almashinuvi dasturlari imkoniyatlarini muhokama qilish, o‘quv jarayoni va ilmiy faoliyatni tashkil etish sohasida tajriba almashish va turizm sohasidagi mutaxassis kadrlar almashinuvi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini o‘rganishdan iborat.

Samimiy va qizg‘in o‘tgan muloqot ikki tomonlama hamkorlikning kelgusidagi amaliy natijalarini belgilab berganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Bugun 27-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kuni munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirda universitetimizning barcha bosqich talabalari faol ishtirok etishdi. Talabalarimiz asosan jamiyatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish, uning jarayonlari kabi mavzularda rasmlar chizib o‘z iqtidorlarini namoyish qilishdi.

Ushbu tanlov g‘oliblarini taqdirlash munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar universitetimiz rasmiy kanali orqali yoritiladi.

Bugun 26-noyabr kuni, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mutasaddilari Indoneziyaning Gunadarma universiteti delegatsiyasini kutib oldi. Ushbu tashrif Gunadarma universiteti rektori, professor Ye.S. Margianti (SE, MM) tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Delegatsiya tarkibida Gunadarma universiteti ma’muriyati, tibbiyot fakulteti rahbar-xodimlari va ilmiy xodimlari ishtirok etdi. Tashrif doirasida BMT Samarqand Turizm akademiyasi, Indoneziyaning 5-prezidenti Megawati Soekarnoputri xonim tashrifi vaqtida universitet hududida tashkil etilgan Sukarno bog‘i va universitet binolari, jumladan, universitet hududi, universitetdagi Indoneziya markazi bilan tanishuv o‘tkazildi, bu esa ikki universitet o‘rtasidagi madaniy va akademik aloqalar ramzi hisoblanadi.

Tashrif doirasida tibbiyot turizmi bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi. Seminarda Gunadarma universiteti delegatsiyasining nufuzli vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti  professor-o‘qituvchilari ham ushbu mavzuda o‘z fikrlarini bildirdilar. Seminar so‘ngida Gunadarma universiteti nomidan universitetimiz kutubxonasi uchun kitoblar sovg‘a qilindi.

Seshanba, 26 Noyabr 2024 16:21

Hurmatli talabalar va ustozlar!

Sizlarni maxsus onlayn mehmon ma’ruzasiga taklif qilamiz.

 Ma’ruza mavzusi: "Tojikistonning turizm imkoniyatlari", ma’ruzachi: Faridun Hamroev, turizm sohasida nufuzli mutaxassis, PhD.

? Sana: 2024-yil 28-noyabr

? Vaqt: 10:00

? Joy: 229-xona

Ma’ruzachi haqida:

Bu siz uchun chuqur bilim olish, hayotiy tajribalar bilan tanishish va samarali muhokamaga qo‘shilish uchun ajoyib imkoniyat.

✨ Bunday qiziqarli ma’ruzani o‘tkazib yubormang!

Ma’ruza tugaganidan so‘ng, savol-javob qismida o‘z savollaringizni berishingiz mumkin.

Sizlarni kutib qolamiz!

Bugun, 2024 yil 26 noyabr kuni, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Indoneziyaning Gunadarma universiteti delegatsiyasini kutib oldi. Ushbu tashrif Gunadarma universiteti rektori professor Ye.S. Margianti (SE, MM) tomonidan yuborilgan rasmiy taklif asosida tashkil etildi. Unda Indoneziya uchun O‘zbekiston ta’lim va tadqiqot sohasidagi strategik ahamiyati ta’kidlangan.

Delegatsiya tarkibida Gunadarma universiteti meditsina fakulteti rahbarlari, fakultet a’zolari va bitiruvchi talabalari ishtirok etdi. Tashrif doirasida universitet hududi, jumladan, Ipak yo‘li universitetidagi Indoneziya markazi bilan tanishuv o‘tkazildi, bu esa ikki universitet o‘rtasidagi madaniy va akademik aloqalar ramzi hisoblanadi.

Tashrif doirasida tibbiyot turizmi bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi. Seminarda Gunadarma universiteti delegatsiyasining nufuzli vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, Ipak yo‘li universiteti professor-o‘qituvchilari ham ushbu mavzuda o‘z fikrlarini baham ko‘rdilar. Seminar davomida qizg‘in muhokamalar o‘tkazilib, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlandi va yangi imkoniyatlar eshigi ochildi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash, madaniy almashuvni rivojlantirish va global ta’lim hamjamiyatiga hissa

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan bakalavriat va magistratura bosqichi tabalarining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqida xabardor qilish, ularning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, O‘zbekistondagi yetakchi xalqaro mavqe`ga ega kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda ular faoliyatiga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishlariga  alohida e`tibor qaratiladi.

 Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida, 2024 yil 25-noyabr kuni jami 85 nafar magistr va bakalavrlari uchun Turizm kafedrasi dotsenti, PhD F.Zoxidov, kafedra assistentlari S.Mardonov va A.Davronov boshchiligida SAG MChJning mahsulot ishlab chiqarish jarayoning texnik va tashkiliy jihatlari, tayyor mahsulotni mahalliy va xalqaro bozorda savdosi tartibi, narx siyosati, brending, ishlab chiqarish jarayonidagi qo‘llanilayotgan innovatsiyalar hamda “SAG Express” korxonasi faoliyatiga  doir korxona bo‘yicha tanishuv ekskursiyasi va ish faoliyatiga doir davra suxbatini tashkil etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar “Samarkand silk carpets” korxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar, korxonada gilamlarni ishlab chiqish, turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, brending hamda sotuv hajmini oshirilishiga doir ishlar haqida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Amalga oshirilgan safar davomida ishtirokchilar olingan bilim va ko‘nikmalarini ilmiy – tadqiqot ishlarida qo‘llash, ularga doir ilmiy taklif va mulohazalar ishlab chiqish hamda amaliy hamkolikka doir ishlarni kuchayrishni belgilab olishdi.

26-noyabr kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi tomonidan universitetda faoliyat yuritayottgan professor-o’qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola" mavzusida tadbir tas’hkil etildi.

Tadbirda universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova kitobga muhabbat, avvalo, oiladan boshlanishi xususida gapirib ishtirokchi yosh kitobxonlarni kitob o’qishga bo‘lgan qiziqtirishlarini oshirish ularni doimiy rag‘batlantirib borish lozimligini takidladi.

Tadbirda universitet Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo’limi  xodimi, Yoshlar yetakchisi va fakultet tyutorlari, ota-onalar ishtirok etishdi.

Universitetimiz huzuridagi Art Rezedensiyaga borgan kishi o‘zini bir ijodiy muhitga  tushib qolgandek his qiladi.

Talabalarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida tyuter S.Abbasova boshchiligidagi bir guruh 3-bosqich talabalari Art Rezendsiyadagi ijodiy namunalarni tomosha qilishdi. Devorlardagi taniqli rassomlar tomonidan chizilgan turli rasmlar, Orol dengizining bugungi kundagi ahvolidan so‘zlovchi namunalar talabalarda bir olam taassurot qoldirdi.

Tyuterlar tomonidan talabalarimizning bo‘sh vaqtida turli ma’naviyat  maskanlariga va muzeylarga tashriflari davom etmoqda.

Dushanba, 25 Noyabr 2024 17:31

Psixologlar kuniga bag‘ishlangan anjuman

Joriy yilning 22-23-noyabr kunlari Urganch davlat universitetida “22-noyabr — Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “Raqamli dunyoda talaba-yoshlarning psixologik salomatligi: muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika psixologlar forumi bo’lib o’tdi. Unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiуeva ham ishtirok etdi.

Forum gadjet va ijtimoiy tarmoqlar qaramligining oldini olish usullari, oliy ta’lim muassasalarida raqamli gigiyenani shakllantirish hamda raqamli qaramlikning talabalar ta’lim jarayoniga salbiy ta’siri kabi mavzulariga bag’ishlandi.

26 dan 126 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar