O'zbekiston Xususiy Sayyohlik Tashkilotlari Uyushmasi (APTA), "ADVANTOUR" kompaniyasi va AQSHning Toshkentdagi elchixonasi hamkorligida San-Diego (AQSH) sayyohlik kompleksi ijrochi direktori Aleks Uardning universitetimiz talabalarimizga "Travel Agent Training: Modern Approaches to Sales and Customer Service" mavzusida ma’ruza qildi. Amerikalik mehmon o‘z ma’ruzasida turizmdagi muhim jihatlar, mehmonni kutib olish unga xizmat ko‘rsatish kabilar haqida zarur tavsiya va ma’lumotlar berdi. Shu o‘rinda talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Umuman olganda bu kabi talaba va turizm sohasida faoliyat yuritayotgan malakali xorijlik mutaxassis muloqoti amaliy natijaga egaligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ushbu ma’ruza va misollar, foydali ma’lumotlar talabalarimizning kelgusidagi ish jarayonlarida, amaliyotida muhim rol o‘ynaydi.