Seshanba, 26 Noyabr 2024 15:02

Universitetning yetakchi kompaniyalar bilan akademik va amaliy hamkorligi mustahkamlanmoqda

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan bakalavriat va magistratura bosqichi tabalarining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqida xabardor qilish, ularning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, O‘zbekistondagi yetakchi xalqaro mavqe`ga ega kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda ular faoliyatiga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishlariga  alohida e`tibor qaratiladi.

 Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida, 2024 yil 25-noyabr kuni jami 85 nafar magistr va bakalavrlari uchun Turizm kafedrasi dotsenti, PhD F.Zoxidov, kafedra assistentlari S.Mardonov va A.Davronov boshchiligida SAG MChJning mahsulot ishlab chiqarish jarayoning texnik va tashkiliy jihatlari, tayyor mahsulotni mahalliy va xalqaro bozorda savdosi tartibi, narx siyosati, brending, ishlab chiqarish jarayonidagi qo‘llanilayotgan innovatsiyalar hamda “SAG Express” korxonasi faoliyatiga  doir korxona bo‘yicha tanishuv ekskursiyasi va ish faoliyatiga doir davra suxbatini tashkil etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar “Samarkand silk carpets” korxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar, korxonada gilamlarni ishlab chiqish, turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, brending hamda sotuv hajmini oshirilishiga doir ishlar haqida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Amalga oshirilgan safar davomida ishtirokchilar olingan bilim va ko‘nikmalarini ilmiy – tadqiqot ishlarida qo‘llash, ularga doir ilmiy taklif va mulohazalar ishlab chiqish hamda amaliy hamkolikka doir ishlarni kuchayrishni belgilab olishdi.

O'qilgan 30 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar