25-noyabr kuni Turizm kafedrasi mudiri, A.Odilov xalqaro QS reytingida 587-o‘rinda turuvchi Universiti Teknologi MARA universiteti, Turizm fakulteti, MKT523 guruhiga Professor. Dr. Jati Kasuma Bin Ali taklifiga binoan guruh o‘quv rejasidagi Innovation and New Product Planning | BA2703A&3B fanining “Brand Management” mavzusida talabalarga dars mashg‘uloti olib bordi.
Joriy yilning 22-noyabr kuni 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va qoidalarga muvofiq, shaffoflik hamda ochiqlik tamoyillari asosida tashkil etildi. Barcha ishtirokchilar o‘z bilimlarini nazariy va amaliy jihatdan namoyish etishdi.
Joriy yilning 23-noyabr kuni “O‘zbekistonda birinchi global sayyohlik media kampusi” dasturi asosida yurtimizda global sayyohlik media kampusi (Global Travel Media kampus) ishtirokchilaridan iborat xalqaro OAV vakillari va blogerlar universitetimizga tashrif buyurishdi.
Xitoy, Quvayt, Pokiston, Indoneziya, Hindiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Latviyadan kelgan 30 nafar jurnalist hamda bloger asosan dunyoning turizm sohasi jurnalist va blogerlari hisoblanishadi. Shuningdek mehmonlar Turizm akademiyasi va u yerdagi imkoniyatlar, talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Bugungi kunda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida turli tadbirlar, davra suhbatlari va sayohatlar tashkil qilib kelinayapti.
20-noyabr kuni ham bir guruh talabalarimiz Samarqand shahridagi viloyat musiqali drama teatrida tarixda Imom Buxoriy ziyoratgohiga Indoneziya prezidenti Sukarno janoblarining tashrifi asosida tayyorlangan sahna asarini tomosha qilishdi. Ushbu real voqealarga asoslangan sahna asari talaba-yoshlarda juda katta taassurot qoldirish bilan birga, ulug‘ ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat izzatni yana bir marotaba oshirishga xizmat qildi.
Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan
universitetimiz talabalari uchun “Biz-sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Har yili 1-dekabr sanasi an’anaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITSga qarshi kurashish, targ‘ibot tadbirlarini keng miqyosda olib borish masalalariga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi.
6-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Samarqand OIV va OITS markazi hamkorlikda “Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz!” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda Samarqand OIV va OITS markazi epidemiolog shifokori D.Sulaymonova hamda universitetimiz shifokori S.Mustafaqulova, universitet profilaktika inspektori Sh.Qurbonov, guruh tyutori P.Islamovlar talabalarga OIV va OITS kasalligining kelib chiqishi, insonga ta’siri kabi ma’lumotlar hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish haqida zarur tavsiyalarini berdi.
Qizg‘in savol-javoblarga boy o‘tgan tadbirda talabalar mavzu yuzasidan muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Universitetimiz Germaniyaning yetakchi xalqaro tashkilotlari bilan akademik va amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirishda davom etmoqda. Shu doirada Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning Turizm va mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi Eiko Otto universitetimizga tashrif buyurdi.
Tashrif davomidagi uchrashuvda janob Eiko Otto universitetimiz rahbariyati va Тurizm kafedrasi bilan barqaror turizm yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish masalasini ilgari surdi. Suhbat davomida Avstriyaning nufuzli Vienna universiteti hamda Yevropaning yetakchi universitetlarining professor-o‘qituvchilarini universitetimizga jalb qilish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari aytib o'tildi.
Mazkur uchrashuv universitetimizning xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish, talabalarga global darajadagi bilim va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish borasidagi intilishlarining yorqin dalili bo‘ldi.
Bugun 21-noyabr kuni oliygoh dekani N.Nushvaqtov, inspektor Sh.Qurbonov va tyutor P.Islomov universitetimiz talabalar turar joyida bo‘lib talabalar bilan yaqindan muloqot qilishdi. Muloqot jarayonida inspektor tomonidan talabalar o'rtasidagi ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim nizoli vaziyatlarning oldini olish bo'yicha yuzasidan zarur maslahatlar berildi. Shuningdek mutasaddilar talaba-yoshlarning yashash sharoiti, dars jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Suhbat davomida talabalar tomonidan aytilgan takliflar tinglanib yotoqxonada talabalar o'rtasida sport musobaqalarini va Zakovat intellektual o‘yinlarini o'tkazish bo'yicha tashkiliy masalalar kelishib olindi.
Joriy yilning 18-noyabr kuni Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusida Qirg‘iziston Respublikasi Turizm assotsiatsiyasi "Destination Osh" bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Qirg‘iziston turistik forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad - hududlararo sayyohlar oqimini oshirish, ta’lim turizmini rivojlantirishdir. So‘nggi yillarda ikki qo‘shni mamlakat o'rtasidagi yaqin do'stlik aloqalarining kengayishi turizm sohasiga ham o'z ijobiy ta'sirini o'tkazib, mintaqada yangi turistik yo'nalishlar tashkil etish, o'zaro madaniy almashinuv jarayonlarining yanada faollashishiga zamin yaratmoqda.
Tadbirda Samarqand va O'sh viloyatlarining turizm salohiyati taqdimotlari bo'lib o'tdi. Unda ikki viloyatning turistik yoʻnalishlari, infratuzilma imkoniyatlari va xizmatlar sifati haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, tadbir davomida yangi hamkorlik loyihalari, qoʻshma turistik dasturlar va sayyohlarni jalb qilish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar muhokama qilinib, har ikki mamlakatdan turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar o'rtasida shartnomalar tuzildi.
Forum yakuniga ko'ra Samarqand va O'sh viloyatlari o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolanib, kelgusida turizm sohasida hududlar o'rtasida yangi loyihalar ustida ishlashga kelishib olindi.
2024-yil 16-noyabr kuni, soat 14:30 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi yangi tarkibdagi Ilmiy seminar o‘z faoliyatini boshladi.
Ilmiy seminarda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti Ro‘zibayev Otabek Mardon o‘g‘lining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda gastronomik turizmni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda tayanch doktorant olib borgan tadqiqotlarini Ilmiy kengash a’zolari hamda universitet professor-o‘qituvchilariga so‘zlab berdi. U tadqiqoti davomida bugungi kunda gastronomik turizm sohasidagi muammolar, hududlarda bu yo‘nalishni rivojlantirish usullari, shuningdek, gastronomik turizmni rivojlantirish orqali mintaqaga turistlar oqimini oshirish imkoniyatlari haqida zamonaviy ilmiy asoslangan metodlardan foydalangan holda olib borgan ilmiy tadqiqotlariga asoslanib ma’lumot berdi.
Tayanch doktorant Ro‘zibayev Otabek Mardon o‘g‘lining taqdimoti qatnashuvchilar tomonidan ijobiy qabul qilinib, Ilmiy kengashda himoya etish uchun tavsiya etildi.
Bugun 20-noyabr kuni ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandga kelgan "Euronews" telekanali direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga ham tashrif buyurishdi. Mehmonlar universitetning zamonaviy kampusini ko‘zdan kechirishi bilan birga turizm va madaniy meros sohalarida ta’lim olayotgan xorijlik va mahalliy talabalarga yaratilgan shart sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mehmon "Euronews" telekanali direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas universitetimiz Pr va matbuot bo‘limiga universitet haqidagi iliq fikrlari xususida intervyu berdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz