Payshanba, 21 Noyabr 2024 13:59

O‘zbekiston-Qirg‘iziston turistik forumi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-noyabr kuni Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusida Qirg‘iziston Respublikasi Turizm assotsiatsiyasi "Destination Osh" bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Qirg‘iziston turistik forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad - hududlararo sayyohlar oqimini oshirish, ta’lim turizmini rivojlantirishdir. So‘nggi yillarda ikki qo‘shni mamlakat o'rtasidagi yaqin do'stlik aloqalarining kengayishi turizm sohasiga ham o'z ijobiy ta'sirini o'tkazib, mintaqada yangi turistik yo'nalishlar tashkil etish, o'zaro madaniy almashinuv jarayonlarining yanada faollashishiga zamin yaratmoqda.

Tadbirda Samarqand va O'sh viloyatlarining turizm salohiyati taqdimotlari bo'lib o'tdi. Unda ikki viloyatning turistik yoʻnalishlari, infratuzilma imkoniyatlari va xizmatlar sifati haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, tadbir davomida yangi hamkorlik loyihalari, qoʻshma turistik dasturlar va sayyohlarni jalb qilish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar muhokama qilinib, har ikki mamlakatdan turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar o'rtasida shartnomalar tuzildi.

Forum yakuniga ko'ra Samarqand va O'sh viloyatlari o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolanib, kelgusida turizm sohasida hududlar o'rtasida yangi loyihalar ustida ishlashga kelishib olindi.

O'qilgan 210 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar