Universitetimiz Germaniyaning yetakchi xalqaro tashkilotlari bilan akademik va amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirishda davom etmoqda. Shu doirada Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning Turizm va mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi Eiko Otto universitetimizga tashrif buyurdi.
Tashrif davomidagi uchrashuvda janob Eiko Otto universitetimiz rahbariyati va Тurizm kafedrasi bilan barqaror turizm yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish masalasini ilgari surdi. Suhbat davomida Avstriyaning nufuzli Vienna universiteti hamda Yevropaning yetakchi universitetlarining professor-o‘qituvchilarini universitetimizga jalb qilish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari aytib o'tildi.
Mazkur uchrashuv universitetimizning xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish, talabalarga global darajadagi bilim va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish borasidagi intilishlarining yorqin dalili bo‘ldi.