Payshanba, 21 Noyabr 2024 11:20

Navbatdagi ilmiy seminar gastronomik turizmni yanada rivojlantirish borasidagi ilmiy tadqiqotlariga bag‘ishlandi

2024-yil 16-noyabr kuni, soat 14:30 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi yangi tarkibdagi Ilmiy seminar o‘z faoliyatini boshladi.

Ilmiy seminarda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti Ro‘zibayev Otabek Mardon o‘g‘lining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda gastronomik turizmni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu seminarda tayanch doktorant olib borgan tadqiqotlarini Ilmiy kengash a’zolari hamda universitet professor-o‘qituvchilariga so‘zlab berdi. U tadqiqoti davomida bugungi kunda gastronomik turizm sohasidagi muammolar, hududlarda bu yo‘nalishni rivojlantirish usullari, shuningdek, gastronomik turizmni rivojlantirish orqali mintaqaga turistlar oqimini oshirish imkoniyatlari haqida zamonaviy ilmiy asoslangan metodlardan foydalangan holda olib borgan ilmiy tadqiqotlariga asoslanib ma’lumot berdi.

Tayanch doktorant Ro‘zibayev Otabek Mardon o‘g‘lining taqdimoti qatnashuvchilar tomonidan ijobiy qabul qilinib, Ilmiy kengashda himoya etish uchun tavsiya etildi.

O'qilgan 235 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar