Ushbu yilning 10-dekabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.
Ushbu o‘quv seminarida universitetimiz prorektori T.Zou “Xitoy va O‘zbekiston turizm qishloqlarining rivojlanish modeli bo‘yicha qiyosiy tadqiqot” mavzusidagi ma’ruza qildi. Professor T.Zou dunyoda turizm qishloqlarini rivojlantirishning umumiy qoidalarini sarhisob qilgan holda Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi turizm qishloqlarining rivojlanish modellarini bir biri bilan qiyosladi. Notiq BMTning turizm sohasida dunyoning eng yaxshi sayyohlik qishloqlari misolida ilgʻor tajribalari bilan oʻrtoqlashdi va yurtimizdagi Sentob, Nanay kabi qishloqlarning turistik salohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Samarqanddagi Konigil misolida O‘zbekistonda sayyohlik qishloqlarini barpo etish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar va takliflarni ilgari surdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganayotgan xorijlik talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 12-yanvarda qabul qilingan “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-19-son qarorining 2-ilova, 12-bandi asosida 2024-yil 19-dekabrda taniqli o‘zbek shoirlari Xosiyatbonu Murodova hamda Toshpo‘lat Tugalov ishtirokida “Adabiy kecha” va “She’riy mushoira” tadbiri tashkil etiladi.
Ushbu tadbirga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.
Xona: Faollar zali
Vaqt: 10:00. 19-dekabr 2024y
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Kompleans nazorati bo‘limi joriy yilning 16-dekabr kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida talabalar o‘rtasida bilimlar bellashuvini e’lon qiladi. Ushbu bilimlar bellashuvi 16-dekabr kuni soat 14.00 da universitet binosida o‘tkazilishi belgilangan. Qo‘shimcha ma’lumotlar haqida universitet Kompleans nazorati bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining "Tilllar va Global tadqiqotlar" kafedrasi o'qituvchisi Bektemirov Zohid Nodirovich tomonidan Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan intensiv til o'rgatish kursida texnikum o'quvchilari uchun "Hozirgi kundagi bir xillik ishdan ko'ra faoliyat turlarini noodatiyligi va uning bir qancha samaradorligi hamda matn ustida qanday qilib tez va mazmunli ishlashga erishish" mavzusida trening o'tkazildi.
Trening o'quvchilarda ijobiy taassurot qoldirdi va turli savol-javoblarga, munozaralarga boy bo'ldi. Ushbu treningdagi ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar hamda qo’llanilgan noananaviy pedagogik texnologiyalar yosh til o'rganuvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Ishtirokchilar tomonidan kelgusida ham bu kabi hamkorlikdagi tadbirlarning davomiyligini ko'paytirish maqsadga muvofiqligi aytib o'tildi.
Shoirlar tomonidan universitet rahbariyati hamda iqtidorli talaba-yoshlar bilan birgalikda universitet kutubxonasida “Dastxat yozish marosimi” tashkil etildi. Shoirlar dastxat yozish marosimdan so’ng, kutubxona fondi va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ijodkorlar o‘z ijod namunalari yozilgan kitoblarni universitetimiz kutubxonasiga taqdim qilishdi.
Tashrif davomida taniqli ijodkorlar universitetimiz Ma’muriy masalalar bo’yicha birinchi prorektori, professor D.Nasimov bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida ijodkorlar universitetda talaba-yoshlarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar xususida to‘lqinlanib gapirishdi.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda shoir Islomjon Qo‘chqorov o'z ijodidan eng sara asarlarini talaba-yoshlarga o'qib berdi.
Shoir talabalarga o’z hayot yo’li, yoshlarni ilm olishi muhimligi, maqsadlarni to’g’ri qo’yishni va bunga erishish uchun nimalar qilish lozimligi to’g’risida gapirdi. Talaba-yoshlar shoir ijodidan bahramand bo'lishdi. Tadbir ishtirokchisi bo‘lgan talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va shoirning ijodlaridan o’qib berishdi.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkl etilgan uchrashuvda shoir Humoyun Akbar oʻzining hayoti va ijodi haqida gapirib berdi. Shoir talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, o‘zining talabalik davrlarini yodga oldi va muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan bo’lishdi.
Talaba-yoshlar shoirning faoliyati, ijodiga bir qator savollarbga javob olishdi hamda idojga mehr qo‘ygan talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olish bilan birga shoir ijodidan namunalar o’qib berishdi.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali oʻzining hayoti va ijodi haqida maʼlumot berdi. Talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va shoir ijodidan bahramand bo'lishdi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va shoirning ijodlaridan namunalar o’qib berishdi.
Kuni kecha 12-dekabr kuni universitetimizga “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashrif buyurgan shoir va yozuvchilar bilan “Adabiy kecha" va “She'riy mushoira" kabi qator ma’naviy ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar tashkil qilindi. Loyiha doirasida universitetimiz talabalari bilan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, yozuvchi Humoyun Akbar, iqtidorli shoir Islomjon Qo‘chqorovlarning muloqoti tashkil qilindi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz