Dushanba, 16 Dekabr 2024 11:12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida universitetimiz prorektori, prof. T.Zou viloyatlar hokimlari va tumanlar hokimlari uchun turizm qishloqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha ma’ruza qildi

Ushbu yilning 10-dekabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

Ushbu o‘quv seminarida universitetimiz prorektori T.Zou “Xitoy va O‘zbekiston turizm qishloqlarining rivojlanish modeli bo‘yicha qiyosiy tadqiqot” mavzusidagi ma’ruza qildi. Professor T.Zou dunyoda turizm qishloqlarini rivojlantirishning umumiy qoidalarini sarhisob qilgan holda Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi turizm qishloqlarining rivojlanish modellarini bir biri bilan qiyosladi. Notiq BMTning turizm sohasida dunyoning eng yaxshi sayyohlik qishloqlari misolida  ilgʻor tajribalari bilan oʻrtoqlashdi va yurtimizdagi Sentob, Nanay kabi qishloqlarning turistik salohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Samarqanddagi Konigil misolida O‘zbekistonda sayyohlik qishloqlarini barpo etish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar va takliflarni ilgari surdi.

O'qilgan 227 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar