"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining "Tilllar va Global tadqiqotlar" kafedrasi o'qituvchisi Bektemirov Zohid Nodirovich tomonidan Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan intensiv til o'rgatish kursida texnikum o'quvchilari uchun "Hozirgi kundagi bir xillik ishdan ko'ra faoliyat turlarini noodatiyligi va uning bir qancha samaradorligi hamda matn ustida qanday qilib tez va mazmunli ishlashga erishish" mavzusida trening o'tkazildi.
Trening o'quvchilarda ijobiy taassurot qoldirdi va turli savol-javoblarga, munozaralarga boy bo'ldi. Ushbu treningdagi ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar hamda qo’llanilgan noananaviy pedagogik texnologiyalar yosh til o'rganuvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Ishtirokchilar tomonidan kelgusida ham bu kabi hamkorlikdagi tadbirlarning davomiyligini ko'paytirish maqsadga muvofiqligi aytib o'tildi.