press

press

Joriy yilning 19-yanvar kuni universitetimiz qoshidagi Turizm akademiyasida, HoReCa bo‘limi hamda Yaponiyaning Nara hokimiyati va Samarqanddagi "Nara Academy" til markazi hamkorligida Yaponiyalik tajribali oshpazlar tomonidan Yapon milliy taomi Sushi tayyorlash bo‘yicha bepul master-klass bo‘lib o‘tdi.

Sushi tayyorlash jarayoni Yaponiyaning Uemori Sushi School va Nara Akademiyasi bilan hamkorligida o‘tkazilib, unda Yapon sushisini tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot darslari tashkil qilindi.

Tadbirda universitet talabalari hamda Samarqand shahrida faoliyat olib boradigan restoran va kafelarning bosh oshpazlari ishtirok etishdi. Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar talabalarimizning xalqaro xizmat ko‘rsatishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Joriy yilning 16-yanvar kuni “Turizm” kafedrasi assistent-o`qituvchisi M.Ismailova “Daromad va qashshoqlikning taqsimlanishi. Soliqlar” mavzusida o‘tgan darsiga Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori Bekzod Salievni taklif qildi. Mutaxassis mavzu yuzasidan talabalarga bir biridan muhim ma’lumotlarni keltirib o‘tdi. Xususan iqtisodiyot, daromad, soliqlarning ahamiyatli tomonlari kabi muhim mavzularda haqida aytildi.

Bugun 17-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova tomonidan oila qurish ostonasida turgan talaba-qizlar uchun “Qiz bola - bo‘lg‘usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda davra suhbati va amaliyotni o‘z ichiga olgan mahorat darslari tashkil etildi.

Tadbirda universitet psixologi, 1 va 2-bosqich tyutorlari, professor-o‘qituvchi hamda xodimalar faol ishtirok etishdi. Samarqand shahar “Sug‘diyona” va “Mulla qalandar” mahallalaridan taklif etilgan ko‘pni ko‘rgan nuroniy onaxonlardan  M.Mavlyanova, S.Aslamova, L.Nabiyeva hamda O.Aslamovalar tadbir mehmoni bo‘lishdi.

Nuroniy onaxonlar talaba-qizlarga oila, kelinlik va onalik mas’uliyat, ro‘zg‘or sirlari, qaynona-kelin munosabatlari, oilaviy ajrimlarning sabab va oqibatlari haqida ma’ruza qilish bilan birga, o‘z hayot yo‘llari bilan o‘rtoqlashishdi.

 Shuningdek, talaba-qizlarga sharqona odob ziynatlaridan hisoblangan kelinlik vazifalarini amaliyotda qo‘llashni o‘rgatishdi. Uchrashuv so‘nggida nuroniy onaxonlar talaba-qizlarga oila muqaddasligi va mustahkamligiga dasturul amal bo‘lishga yordamlashadigan adabiyotlarni taqdim etishdi.

Tadbir barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu kabi tadbirlar hali davom etadi.

Har kuni xayolimizdan minglab fikrlar, xohish-istaklar o‘tadi. Ular orasidan orzu-maqsadlarni ajratib olish esa ba’zida mushkul bo‘ladi. Shu boisdan ularni to‘g‘ri shakllantirish juda muhim.

Butun dunyoda tatbiq etilib kelinayotgan "Orzular xaritasi" psixologik texnikasi ilk bor “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham qo‘llanildi. Universitet psixologi D.Turdiyeva va faol lider qizlar hamkorligida tashkil etilgan treningda talabalar o‘z orzulari xaritasini yaratishdi.

D.Turdiyeva orzularga erishish yo‘llari, maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish to‘g‘risida qimmatli tavsiyalar berib, qizlarga ulkan motivatsiya ulashdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti  “Tillar va global tadqiqotlar” kafedra o‘qituvchisi Samet Onurning "Which is the Oldest Manuscript of Rabghūzī’s Qisas al-Anbiyā?" va "Nehcü’l-Ferâdîs Üzerine Okuma ve Anlamlandırma Önerileri" nomli maqolalari nufuzli Journal of Turkology va  Journal of Turkish Language and Literature jurnallarida chop etildi! Ushbu jurnallar Scopus (Q3) va Web of Science bazalarida indeksatsiyalangan. 

Doktor Samet Onurni ushbu yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz va ilmiy faoliyatlarida yangi marralarni zabt etishlarini tilaymiz!
Batafsil

Batafsil

Payshanba, 16 Yanvar 2025 17:33

E’LON

  • “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati tomonidan universitetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarning salohiyatini yanada oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida maxsus o‘quv kursi tashkil etiladi. Ushbu dastur doktorlik tadqiqotlari va dissertatsiya yozish jarayonida zarur bo‘lgan muhim bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatini taqdim etadi.

    Ushbu dastur davomida tadqiqotchilar dissertatsiya mavzusini aniqlash va to‘g‘ri tanlash, tuzilgan va samarali dissertatsiya yozish, ma’lumot va statistikani to‘plash, tartibga solish va boshqarish usullari, tadqiqot ma’lumotlarini tahlil qilish va ular asosida mukammal modellar yaratish, akademik muammolarni hal qilish uchun innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish kabi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

    Seminar mashg‘ulotlari Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetining Global iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Aziz Zikriyoyev tomonidan olib boriladi.

    Birinchi mashg‘ulot sanasi: 18-yanvar (Shanba)

    Vaqti: 14:00 – 17:00                                                                                                       Platforma: Zoom (masofaviy formatda, qulaylik uchun)

  •  

    Zoom havolasi: Batafsil
  •  Konferensiya ID: 853 4756 3568
  •  Kirish kodi: 854187
Payshanba, 16 Yanvar 2025 15:25

Ijara xonadonlariga tashrif

        Reja asosida tashkil etilgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishish, xonadon egalarining talaba-qizlar to‘g‘risidagi fiklarini o’rganish maqsadida, “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, psixolog D.Turdiyeva, inspektor Sh.Qurbonov va 1-bosqich tyutori M.Tilavovlar hamkorligida 2025-yil 15-yanvar kuni ijarada turadigan talaba-qizlarning yashas’h manzillariga navbatdagi tashrifni uyushtirishdi.

       Hozirgi davrda aholi o‘rtasida turli hil yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi munosabati bilan ijarada turadigan talaba-qizlar xolidan xabar olindi. Birinchi bosqich talaba-qizlarimizdan Mohichexra G‘aybulayeva Samarqand shahar Orzu Maxmudov ko’chasi 55A-uy, 26-xonadonda ijarada istiqomat qiladi. Talaba-qizlarimizning yashash sharoitlari, xonadonlarning yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishi to’liq o’rganildi. Muloqot chog‘ida talaba-qizlarga milliy qadriyatlar, urf-odatlar va bo’lajak oila bekalarini sharqona tarbiyaning nozik jihatlariga e’tiborlarini qaratdilar.

        Haqiqatdan ham qadriyatlarimiz talaba-qizlarimizning ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatlidir. Har bir talaba-qiz universitet yuzi ekanligini doimo yodda tutishi, ijara xonadonlarida tozalik va ozodalikka rioya qilishi uqtirilib, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo’yicha yetarli tushuntirishlar berildi.

       Ijarada yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.

Payshanba, 16 Yanvar 2025 15:14

Hayotimizni balansda ushlaymiz!

Joriy yilning 15-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiуeva “Tarjima nazariyasi” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-kurs TTE-124-guruhi talabalari uchun motivatsion trening o‘tkazdi.

Tadbirda hayotiy balans g‘ildiragini ishga tushirishga yordam beradigan usuldan foydalanildi va talabalarning ayni damda oqsayotgan sohalari aniqlandi. Ushbu unikal metodika qisqa fursatlarda o‘z-o‘zini tahlil qilish imkonini berib, mavjud kuch va imkoniyatlarni to‘g‘ri yo‘naltirishni jarayonda ochib beradi. Bundan tashqari, emotsional zo‘riqishning oldini oluvchi amaliyot talabalarni pozitiv fikrlashga undab, negativ his-tuyg‘ulardan xalos bo‘lishga yordam berdi.

Dushanba, 13 Yanvar 2025 10:37

DIQQAT E’LON!

Hurmatli “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalar Sizlardan “O‘zbekiston-2030”  strategiyasini  “Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni  tasdiqlash to‘g‘risidagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Farmoni  loyihalari ishlanib, keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganligini ma’lum qilamiz. Endilikda Siz ham ushbu loyihalarning muhokamalarida faol ishtirok etishingiz va o‘z taklifingiz bilan  loyihaning yanada mukammalligini ta’minlashga xizmat qilishingiz  mumkin bo‘ladi.

Loyihalar www.uzbekistan2030.uz va  regulation.gov.uz veb-saytlariga joylashtirilgan.  

Chorshanba, 15 Yanvar 2025 16:14

E’LON

Joriy yilning 20-yanvar sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Tongqian Zou tomonidan seminar tashkil etiladi.

Seminarga Qoraqolpog‘iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha prorektori, PhD., dotsent Atabek Alimov taklif etilgan.

Seminar mavzusi: “Development of Tourism Around the Aral Sea: A Path to Sustainable Progress”

Seminar o‘tkazilish joyi vaqti: Universitet binosi 229-xona,

 20-yanvar  soat 15:30-16:30.

18 dan 126 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar