press

press

Turizm sohasida gastronomiya turizmi muhim o‘rin egallaydi. Har bir xalqning o‘z milliy taomlari bor. Shu kabi milliy taomlarni targ‘ib qilish orqali gastronomik turizmni rivojlantirish, xalqlarning milliy taomlarini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 2-aprel kuni universitetimizda “I-xalqaro madaniyatlararo milliy taomlar” ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘tkazilgan milliy taomlar kechasi ishtirokchilar oʻz davlatining madaniyatini aks ettiruvchi milliy taomlari bilan ishtirok etdi.

Ma’lumki, bugungi kunda universitetda Indoneziya, Malayziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Gretsiya, Turkiya, Iroq, Rossiya, Xitoy, Bangladesh, Eron, Fransiya, Misr kabi davlatlardan kelgan yoshlar magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda. Tadbirda xorijlik va mahalliy talabalar, magistrlar tomonidan o‘z davlati, xalqiga xos bo‘lgan madaniyatga tegishli milliy taomlar va milliy liboslarini namoyish qilishdi. Hech shubhasiz, milliy taomlar ko‘rgazmasini xalqimizning milliy taomi hisoblangan palovxon to‘ra ham tayyorlanib dasturxonga tortildi. Bu kabi tadbirlar mahalliy va xorijlik talaba-yoshlarni yanada hamjihatlikka va inoqlikka chorlashi bilan ahamiyatlidir.

Joriy yilning 4-13 mart kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm” kafedrasi o’qituvchisi Elnurjon To'ychiyev Hindiston Respublikasining Nyu-Dehli shahridagi Hindiston tashqi savdo instituti (IIFT), Jahon savdo tashkilotini o’rganish markazi tomonidan tashkil etilgan “Jahon savdo tashkiloti va xalqaro savdoda yuzaga kelgan muammolar” yo’nalishidagi kursda ishtirok etdi. Ushbu kursda Jahon savdo tashkiloti (JST)ning asosiy vazifalari, maqsadlari va dolzarb muammolari yechimining davlatlararo xal etilish tartiblari va qoidalari haqida nazariy va amaliy bilimlar bilan yaqindan tanishdi.

Bu kursda o'rgangan bilimlari va tajribalari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Turizm” kafedrasi o’qituvchisi sifatida uning talabalarga turizm sohasidagi globallashuv jarayonida savdo aloqalarini yaxshilash, JSTning savdo aloqalaridagi mavjud qoidalarni talabalarga taqdim etishdagi yangicha yondashishga asos sifatida xizmat qiladi.

Joriy yilning 28-mart kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma'ruzalar zalida sakkizinchi ilmiy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, mahalliy hamda xorijlik talabalar, magistrlar ishtirok etishdi.

Seminarni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Toni Zou olib bordi. T.Mirzaev o'z taqdimotida O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda "Turizm mahsulotlarini diversifikatsiya qilish: mintaqaviy rivojlanish dasturlari, maqsadli brending" mavzusi bilan tanishtirdi. Ma’ruzachi so'nggi yillarda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish va turizm brendlarini xalqaro miqyosda qanday targ'ib qilish haqida batafsil ma'lumotlar berdi. Doktor T.Mirzaevning yorqin va batafsil taqdimoti o'qituvchi va talabalarda katta qiziqish o‘yg‘otdi. Seminarda T.Mirzaev ishtirokchilarning savollariga batafsil javob qaytardi. Seminar so‘nggida prof. Toni Zou T. Mirzaevga an'anaviy xitoycha sovg'a berdi.

Joriy yilning 25-mart kuni universitetimizning birinchi va uchinchi bosqich talabalari jamoalari o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarni sportga jalb qilish orqali jismoniy faolligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishdan iborat. Sport tadbirida jamoalar bor kuch-g‘ayratini ishga solgan holda bellashdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, g‘olib jamoa keyingi o‘yinda birinchi va to‘rtinchi bosqich talabalari jamoalari bilan bellashadi.

2024-yil 1-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va unversitet sport klubi rahbari Z.Kafiyev bilan birgalikda unversitet hududiga qarashli Samarqand shahar O‘zbekiston” mahallasi hududidagi aholi xonadonlari farzandlarini oliygohimizda tashkil etilgan fan  va  sport to‘garaklariga jalb qilish ishlari olib borilayapti.

 Mahalla yoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida tashkil qilingan ushbu tashabbusda universitetimiz xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va unversitet sport klubi rahbari Z.Kafiyev bosh-qosh bo‘lgan holda turli tadbirlar va sport mashg‘ulotlari tashkil etib kelishayapti.

Mashg‘ulotlar oldin M.Abbasova bolajonlarga tenqurlari bo‘ldan qiz bolalarga nisbatan “Gender tarbiya”  mavzusida tushuntirishlar  berib o‘tdi.

Bahorning mana shunday iliq kishiga orom beradigan kunlari turizmning yanada jonlanishiga muhim turtki bermoqda.

Samarqand viloyat hokimligining Samarqand shahrida “Ichki turizm yarmarkasi” o‘tkazish bo‘yicha qabul qilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan 30-mart kuni Registon maydonida  “Ichki turizm yarmarkasi”si tashkil qilindi.

Ushbu yarmarkada “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faol ishtirok etib, oliygoh faoliyati haqidagi reklama roligini namoyish qilish bilan birga logosi, yuridik manzili, telefon raqamlari va mavjud yo‘nalishlari haqidagi axborot beruvchi flayerlarni tarqatdi. 

Tadbirda “Career-2024” yarmarkasi ham tashkil qilinib unda barcha turistik firmalar, mehmonxonalar, “Air Marakanda”, “Samarkand touristic centre” kabi yirik xususiy korxona va tashkilotlar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Quvonarlisi tadbirda ushbu nufuzli tashkilotlarda oliygohimiz bitiruvchi talabalarining ham faoliyat olib borayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim qilindi. “Career-2024” yarmarkasi universitetimiz bitiruvchilari uchun kelgusida nufuzli turistik firmalarda va mexmonxonalarda faoliyat olib borishi yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bitiruvchi talabalarimiz ushbu korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borishi uchun lozim bo‘ladigan dastlabki jarayonlarni amalga oshirishdi.

Universitetimizda Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil yetish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri - yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilayapti.

Joriy yilning 1- aprel kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalar turar joyida, universitet  tyutori S.Abbasova tomonidan “Kitob-ma'naviyat ko'zgusi” mavzusida talabalar uchun kitobxonlik tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda  talabalar ingliz tilida mashhur mualliflarning she’rlarini o‘qib berishdi. Shundan so‘ng talabalar sahna asarlari qo‘yib o‘z iqtidor va aktyorlik mahoratlarini namoyish qilishdi.

 Kitob tadbiri davomida talabalar o'zlari tanlagan she'rlarini ingliz tilida aytish bilan birga oxirgi o'qigan kitoblari haqida gapirib berishdi.

Joriy yilning 28-mart kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qarashli Talalabalar turar joyi sport maydonida universitet talabalari jamoalari o'rtasida sportning badminton turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Tashkil etilgan ushbu sport tadbirida universitetning xotin-qizlar jamoasi, talaba-qizlari faol ishtirok etishdi. Musobaqada faol ishtirok etgan xotin-qizlarlardan va talaba-qizlardan iborat jamoalarga esdalik sovg’alari topshirildi.

Dushanba, 01 Aprel 2024 15:17

E’LON

Xitoy Xalq Respublikasining Nanjing Turizm va mehmondo‘stlik instituti “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalariga baklalavr yo‘nalishida talabalar almashinuvi dasturi asosida o‘qishga taklif qiladi.

Ushbu dasturn doirasida universitetimizning 5 nafar talabasiga grant ajratiladi.

 Grant imtiyozlari:

-o‘qish puli to‘lovi 47000RMB (kursni tamomlagandan so‘ng to‘lov qaytariladi)

- oylik stipendiya 2.300-2.600 RMB

- Xorijiy talabalar uchun yotoqxona.

Talablar:

- Ushbu dastur “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bakalavr yo‘nalishi talabalariga beriladi;

-HSK sertifikati yoki IELTS 6 ga ega bo‘lgan talabalar qabul qilinadi.

Arizalarni qabul qilish muddati: 2024-yil 15-aprel

Batafsil ma'lumot olish uchun telegramga murojaat qiling: +998930045100

1 aprel — Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan universitetda “Qushlarni asraylik” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida universitet tyutorlari, bugungi kunda qushlarni asrab-avaylashda har bir yurtdoshimizning faolligi muhim ekanligi va ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham aholi, ayniqsa, yoshlarning qushlarga bo‘lgan munosabatini yanada yaxshilashga qaratilganligi xususida gapirildi.   

Ma’lumot o‘rnida 1 aprel – Xalqaro qushlar kuni jahonda har yili keng nishonlanadi. 1894 yildan ilk bora Amerika Qo‘shma Shtatlarida nishonlagan ushbu sanadan ko‘zlangan maqsad qushlarning turlari, ularning xilma-xilligi va sonini saqlab qolishdan iborat. Qushlar kuni sanasi YuNESKOning “Inson va biosfera” biologik dasturidan ham joy olgan.  

Shuningdek 30-mart kuni respublikamiz bo‘ylab “Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kuni” nishonlandi. Shu munosabat bilan, universitet talaba-yoshlari o’rtasida umumxalq tozalik (chiqindisiz) kuni tashkil qilinib, universitetga tutash hududlar, shuningdek markaziy ko‘chalar chiqindilardan tozalandi.

21 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar