Joriy yilning 4-13 mart kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm” kafedrasi o’qituvchisi Elnurjon To'ychiyev Hindiston Respublikasining Nyu-Dehli shahridagi Hindiston tashqi savdo instituti (IIFT), Jahon savdo tashkilotini o’rganish markazi tomonidan tashkil etilgan “Jahon savdo tashkiloti va xalqaro savdoda yuzaga kelgan muammolar” yo’nalishidagi kursda ishtirok etdi. Ushbu kursda Jahon savdo tashkiloti (JST)ning asosiy vazifalari, maqsadlari va dolzarb muammolari yechimining davlatlararo xal etilish tartiblari va qoidalari haqida nazariy va amaliy bilimlar bilan yaqindan tanishdi.
Bu kursda o'rgangan bilimlari va tajribalari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Turizm” kafedrasi o’qituvchisi sifatida uning talabalarga turizm sohasidagi globallashuv jarayonida savdo aloqalarini yaxshilash, JSTning savdo aloqalaridagi mavjud qoidalarni talabalarga taqdim etishdagi yangicha yondashishga asos sifatida xizmat qiladi.