press

press

Forumda "Ipak yoʼli" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining faol tashabbuskor talabalari o‘z startap loyihalari va ilmiy g‘oyalari bilan munosib ishtirok etishmoqda.


Loyihaning maqsadi mahalliy va xorijiy talaba va mutaxassislarning salohiyatli ilmiy ishlanmalarini, startap loyihalarini aniqlab, hayotga tadbiq etish va turizm sohasida yetuk kadrlarni yetishtirishdan iborat. Forumda mamlakatning turizm salohiyati to‘g‘risidagi taqdimot bo‘lib o‘tdi.


Ishtirokchilar pandemiya davrida turizmning ayrim turlarini rivojlantirish haqida fikr almashdilar. Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatgan holda startaplarni taqdim etib, ularni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va sport vaziri,  “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov “Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida yoshlar bilan uchrashib, turizm va sport sohasidagi loyihalar hamda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Vazir o‘z nutqi avvalida O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa - baxshilik sanʼati Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganligi haqidagi yangilik bilan bo‘lishdi. Shu o‘rinda Baxshichilik sanʼatini keng ommalashtirishga oid videorolik namoyish etildi.

Shuningdek Aziz Abduhakimov forum doirasida yoshlar bilan turizm, sport, madaniyat va ekologiya sohalaridagi istiqbolli loyihalar bo‘yicha ishlashga tayyor ekanligini taʼkidladi. U yoshlarni, jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida faollik ko‘rsatishga chaqirdi, xususan, Orol fojiasining insonlar hayotiga taʼsiriga bag‘ishlangan ekologiya mavzusiga ham alohida eʼtibor qaratdi. Bundan tashqari, minglab kishilarning qachonlardir Orolga suv qaytishi bilan bog‘liq orzusini aks ettiruvchi “Ertaga” musiqiy videosi hamda “Sky Camp Bo‘stonliq” videoroligi namoyish etildi.

Aziz Abduhakimov ommaviy va keng ko‘lamli sport musobaqalarining o‘tkazilishi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga undashini taʼkidlab, ushbu yo‘nalishda o‘tkazilgan marafonlar haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv davomida yoshlar madaniy meros obyektlarini qayta tiklash, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turizmni rivojlantirish borasida poytaxtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, sayyohlar uchun joylashtirish vositalari qurilishiga berilayotgan imtiyozlar kabi mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollar hamda boshqa mavzularda murojaat qilishdi.

Yoshlar ham o‘z o‘rnida sohaga doir takliflari bilan o‘rtoqlashishdi, jumladan, ulardan biri nogironligi bo‘lgan xorijlik va mahalliy sayyohlar uchun maxsus turizm dasturi yaratishni taklif qildi.

Aziz Abduhakimov yoshlarning savollariga batafsil javob berdi va ishtirokchilar tomonidan aytilgan qiziqarli takliflar uchun minnatdorlik bildirdi.

Taʼkidlash joizki, o‘tgan yilgi Toshkent yoshlar forumida ham Bosh vazir o‘rinbosari forum ishtirokchilarining eng yaxshi takliflarini qabul qilgan va bugungi kunda ular bilan faol hamkorlik davom ettirilmoqda.

Manbaa: www.uzbektourism.com

80 dan 80 sahifa

Saytdagi yangiliklar

  • E’LON
    Dushanba, 15 Iyul 2024 17:17
  • E'lon
    Chorshanba, 10 Iyul 2024 15:31
Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar