press

press

О‘zbekistоn Respublikasi Ekоlоgiya, atrоf-muhitni muhоfaza qilish va iqlim о‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, “Ipak yо‘li” turizm va madaniy merоs xalqarо universiteti turizm hamda madaniy meros sohalarida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

- sanoat;

- fan va ta’lim;

- energiya tejamkorlik;

- turizm va madaniy meros;

- ekologiya va atrof-muhit;

- ijtimoiy-iqtisodiy,

kabi yo‘nalishlar bo‘yicha startap loyihalar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda universitet talabalari, magistrlari hamda ilmiy izlanuvchilar qatnashishlari mumkin. Yuboriladigan startap loyihalar quyidagi nominatsiyalardan biriga tegishli bo‘lishi maqsadga muvofiq:

- “Ijtimoiy ahamiyatli innovatsiyalar”;

- “Eng yaxshi innovatsion loyiha”;

- “Istiqbolli ishlanma”.

Startap loyihalar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:

-                   startap loyiha mavzusining mamlakat fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi;

-                   startap loyihasining yangiligi va dolzarbligi;

-                   nomzod tomonidan taqdim etilgan startap loyihani amalga oshirish taqvim ish-rejasining puxta ishlab chiqilganligi;

-                   yaratiladigan ishchi o‘rinlari soni;

-                   analog yo‘nalishdagi raqobatchilardan ustunlik;

-                   tegishli mahsulot/xizmatlar bozori bo‘yicha maqsadli auditoriyasi, manzilliligi;

-                   startapni amalga oshirish uchun talab etiladigan xarajatlarning asoslanganligi.

G‘oliblar aniqlanib, 1-o‘rin uchun – 1 553 640 so‘m, 2-o‘rin uchun - 1 035 760 so‘m, 3-o‘rin uchun – 517 880 so‘m pul mukofoti beriladi.

Muddat: Startaplar loyihalarni 2025-yilning 3-mart kuniga qadar ko‘rsatilgan E-mail yoki telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Eslatma: Tegishli talablarga javob bermaydigan va kechikib topshirilgan startap loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limidan (322 xona) olishingiz mumkin.

E-mail: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  ;  Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Telefon raqami:+998662406785 (Telegram: @n_xoliqov)

Respublikamizning barcha hududlarida 22-yanvar, chorshanba kuni joriy yilning birinchi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tadi.https://gov.uz/oz/eco/news/view/33624

Chorshanba, 22 Yanvar 2025 10:23

#O‘zbekiston bo‘ylab – sayohat qil!

O‘zbekiston bo‘ylab – sayohat qil loyihasi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Qishki lager” tashkil etilmoqda. O‘tkazilayotgan loyiha doirasida universitetning bir guruh talabalari ishtirokida Samarqand shahri bo‘ylab amaliy sayohat tashkil etildi. Amaliy sayohat davomida talabalar Samarqand turizm markazi hududida joylashgan Boqiy shahar majmuasi, Konigil turizm qishlog‘i hamda Afrosiyob muzeylariga tashrif buyurishib, o‘zlarining turizm sohasidagi bilimlarini mustahkamlashdi.

2025-yilning 21-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yaponiyaning Nippon sayyohlik agentligi (Nippon Travel Agency) delegatsiyasini qabul qildi. Delegatsiyaga agentlikning biznes strategiyasi departamenti bosh menejeri Naoki Baba boshchilik qildi.

Ma’lumot uchun Nippon Travel Agency (NTA) — Yaponiyaning eng yirik va eng uzoq tarixga ega bo‘lgan sayyohlik kompaniyalaridan biri bo‘lib, 1905-yilda tashkil etilgan. Kompaniya xalqaro va mahalliy turizm bozorida yuqori darajada tan olingan. NTA o‘z mijozlariga sayohatlarni rejalashtirish, transport, turar joy va ekskursiyalarni tashkil qilish kabi keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi.

Uchrashuv davomida yapon tilini biladigan va turizm sohasiga qiziqqan  universitet talabalari uchun Nippon sayyohlik agentligi tomonidan maxsus amaliyot va ish imkoniyatlari taklif qilindi. Ushbu tashabbus nafaqat yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, balki ularga xalqaro tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Shuningdek, tashrif doirasida universitetimiz va Nippon sayyohlik agentligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va kadrlar tayyorlashda yangi imkoniyatlarni nazarda tutadi.

Samarqand viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir bo‘lgan chegara va olis hududlardagi mahallalarda "boqimandalik" kayfiyatiga tushib qolgan ayrim fuqarolar o‘rtasida profilaktik ishlarni olib borish maqsadida 2025-yilning 20-yanvar kuni "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdieva Pastdarg‘om tumanidagi "Bahor", "Bog‘ishamol" va "Uchtepa" mahallalari aholisi o‘rtasida psixologik seminar-treninglar o‘tkazdi.

Ushbu mahallalar fuqarolariga psixolog tomonidan ruhiy madad, motivatsiya berildi. Vatanparvarlik, shukronalik hissini, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiruvchi psixologik metodlardan foydalanildi.

Seshanba, 21 Yanvar 2025 12:24

#O‘zbekiston bo‘ylab – sayohat qil!

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil loyihasi doirasida “Ipak yo‘li” universitetimizning bir guruh talabalari Amir Temur kamolga yetgan yurt Shahrisabzga amaliy sayohati tashkil etildi.

Shahrisabz - O‘zbekistonning qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri bo‘lib, tarixiy markazi YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Sayohat davomida talabalar Oq saroy majmuasi, Shahrisabz tarixi muzeyi, Hazrati imom masjidi, Temuriylar daxmasi, Ko‘k gumbaz masjidi, Dor ut-Tilovat yodgorlik majmuasi, Dorusi-Saodat, Shamsuddin Kulol, Gumbazi-Seyvidan maqbaralari to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ahamiyatlisi, hukumatimiz tomonidan shaharning madaniyat va turizm markazi sifatida ulkan salohiyatini namoyish etadigan “Shahrisabz – festivallar shahri” konsepsiyasini faol ilgari surib kelinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 16-sentabrdagi                           № 07-1-1898 sonli topshiriq xatiga asosan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bakalavr va magistratura bosqichidagi talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston turizmni rivojlantirishning istiqbollari” nomli maqolalar tanlovini o‘tkazish belgilangan.

Tanlovda guruh va kursidan qat’iy nazar universitetning bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda maqolalar o‘zbek, rus, yoki ingliz tillarida qabul qilinadi. Eng yaxshi deb topilgan dastlabki uchta maqola universitet rahbariyati tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanadi.                                                                                                                        

Maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:

  • ma’ruza matnlari 14 o‘lchamdagi shriftda 1 oraliqda, 3-5 varaq hajmda Times New Roman shriftida yozilgan va tahrir qilingan bo‘lishi lozim;
  • ma’ruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi, o‘qiyotgan kursi va guruhi, telefon raqami va elektron manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak;
  • mavzudan keyin annotatsiya, kalit so‘zlari uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) va mazmuni to‘liq yoziladi;
  • ma’ruzaning oxirida alohida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart;
  • matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan – 2 sm, pastdan – 2 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, chapdan – 3 sm. o‘lchamda belgilanadi;
  • ma’ruza matni 1 nusxa qog‘ozda va elektron variantda doc yoki docx formatida taqdim etiladi.

Muddat: maqolalarni 2025-yilning 5-fevraliga qadar ko‘rsatilgan E-mail yoki telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Eslatma: Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va kechikib topshirilgan maqolalar tanlovga qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy tadqiqotlar bo’limi (322 xona) hamda dekanatdan (236 xona) olishingiz mumkin.E-mail:Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  ;  Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. 

Telefon raqami:+998662406785 (Telegram: @n_xoliqov)

Bugun 20-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida HoReCa bo‘limi tashabbusi bilan Turkiyadan tashrif buyurgan  gastronomik turizm va mehmonxona biznesi sohalarida 25 yillik tajribaga ega malakali tadbirkor va  menejer Ferah Cuneri Bircan   bilan talabalarning uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuvda Ferah Cuneri Bircan Samarqandning gastronomik turizm va mehmonxona biznesida juda katta imkoniyatlari borligi va undan to‘g‘ri va oqilona foydalanish lozimligi xususida gapirdi.

                      Tadbirkor talabalarga o‘z hayotiy faoliyatidan kelib chiqqan holda sohada malakali mutaxassis bo‘lish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi xususida gapirib taqdimot o‘tkazdi. Tadbirkor ochiq muloqot davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.   

2024/2025 o‘quv yilining iyun oyida tashkil etiladigan Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari doirasida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida talabalar uchun qishki oromgoh tashkil etildi.

Mazkur qishki oromgoh 3 kunga moʻljallangan boʻlib, birinchi kunida Samarqand shahrida joylashgan sayyohlik manzillarining bugungi kundagi imkoniyatlari haqida seminar-tering tashkil etildi. Mazkur seminarlarda universitetimizning malakali mutaxassislaridan “Turizm” kafedrasi oʻqituvchisi Ruxshona Rofeyeva “Uzbekistan is a hidden gem” mavzusida va “Tarix va madaniy meros” kafedrasi oʻqituvchisi Shodikulova Mohigul “Important elements in tour guide activities” mavzusida qiziqarli ma’lumotlarni talabalarga yetkazishdi.

17 dan 126 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar