press

press

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) mavjud ixtisosliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Hujjatlar qabuli Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim Batafsil ( tashkil etiladi.

Hujjatlar qabuli joriy yilning 15-fevral sanasiga qadar davom etadi.

Murojaat uchun telefon: +998 66 240 67 85

Elektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.; Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Raximova Nilufar Aminovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

"Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo'nalishi ikkinchi bosqich talabalari tomonidan "Monumentales" loyihasi faoliyati boshlandi. Loyihaning maqsadi sayyohlar e'tiboridan chetda qolayotgan tarixiy obyektlarni tanishtirish va ularga ham doimiy sayyohlar tashrifini yo'lga qo'yish. Birinchi son Samarqand shahri "O'lkashunoslik Muzeyi" ga bag'ishlangan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarni amalga oshirishda muhim vazifalar amalga oshirilmoqda.

           O‘tgan o‘quv yilida universitetda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talaba-qizlar tomonidan bir qator amaliy ishlarga qo‘l urildi. 2023-2024-o‘quv yilida bakalavr yo‘nalishida jami 545 nafar, magistratura yo‘nalishida  106 nafar, tayanch doktorant yo‘nalishida 13 nafar xotin-qizlar tahsil olmoqda. Shuningdek, 19 nafar mustaqil tadqiqotchi, 11 nafar xorijiy xotin-qizlardan iborat tadqiqotchilar universitetimizda tahsil olmoqda.

     Ayol professor-o‘qituvchilarimizdan yuqori salohiyatli ilmiy darajaga ega jami 2 nafar xorijlik va  6 nafar mahalliy (1 ta fan doktori DSc, 7 nafar falsafa doktori PhD) professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelishmoqda.                

XOTIN-QIZLARNING ILMIY YO‘NALISHDAGI FAOLIYATI HAMDA TALABA-QIZLAR ERISHGAN MUVAFFAQIYATLAR:

Hozirgi kungacha ilmiy seminarlar doirasida 25 nafar talabgorning dissertatsiyasi muvaffaqiyatli muhokama qilindi. Shulardan 5 nafari xotin-qizlar. 2024-yilda 2 nafari Ilmiy seminardan o‘tgan.

Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klubiga   300 nafardan ortiq iqtidorli talaba-qizlar jamlangan.

    2023-2024-o‘quv yilida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining  respublika bosqichida  4 nafar talaba-qiz ishtirok etdi.

  • fan yo‘nalishidan – Mustafakulova Sabina
  • jamoatchilik yo‘nalishidan – Baxromkulova Fotima va Baxromkulova Zuxro
  • adabiyot yo‘nalishidan – Jurayeva Shoxnigorbegimlar ishtirok etishdi.

         Respublika miqyosidagi nomdor stipendiyalar sohibalari:

  -   Turizm (faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha) 4-bosqich talabasi Z.Baxromkulova 2024-2025-o‘quv yili uchun Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.

  -  Turizm (faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha) 4-bosqich talabasi S.Mustafakulova 2024-2025-o‘quv yili uchun Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.

  -  Mustafakulova Sabina “Yilning eng faol talabasi-2024” tanlovining “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.

     

 

   XALQARO MIQYOSDA JALB QILINGAN GRAND SOHIBALARI

   4 nafar tadqiqotchi talaba-qizlarimiz xalqaro grant sohibalariga aylanishdi. Bundan tashqari, 7-nafar xotin-qizlar xalqaro  grant dasturlari asosida xorijiy safarda bo‘lishdi.

     YORDAMGA MUXTOJ XOTIN-QIZLARIMIZ MODDIY-MA’NAVIY JIHATDAN QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

         Universitetda xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatini yanada rivojlantirish singari vazifalar belgilab olingan. Universitetimizda tahsil olayotgan talaba-qizlar orasida mavjud chin yetim, ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi mavjud bo‘lgan, notinch oilalarda yashayotganlar, ota-onalar e’tiboridan hamda ularning qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga universitet xotin-qizlar kengashi va kasaba uyushmasi tomonidan alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda hamda moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

2025-yilda universitet xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish ishlari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.

               O‘TKAZILGAN TARG‘IBOT TADBIRLAR         

               2024-yilning o‘tgan davrida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar mavzusiga bag‘ishlangan jami  6 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

      Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish mavzusida soha mutaxassislari bilan birga 10 ga yaqin tadbir va uchrashuvlar tashkil etilib, 200 yaqin talabalar qamrab olindi.               

     Reproduktiv salomatlik, erta nikoh va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan uchrashuvlarda barcha bosqich talaba-yoshlari qamrab olindi.

BELGILAB OLINGAN VAZIFALAR

 Ushbu yilda universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan xotin-qizlarnig ijtimoiy faolligini oshirish va ijtimoiy himoyalashda davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini kuchaytirish, talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini foydali ishlarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish kabi muhim ustuvor vazifalar belgilab olingan.

UNVERSITETDA GENDER TENGLIK MASALASINI TA’MINLANGANLIGI

          Universitetda Gender tenglik masalalarini ta’minlash maqsadida ayol professor-o‘qituvchilar orasidan “Zaxira kadrlar tayyorlash rejasi tuzilgan va bu borada amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Shu jumladan: 7 nafar xotin-qizlar rahbarlik lavozimida faoliyat yuritib kelmoqdalar:

N.A.Abduvoxidova – bo‘lim boshlig‘i, Sh.N.Mardonova – bo‘lim boshlig‘i, I.M.Kadirova – bo‘lim boshlig‘i, N.Sh.Mansurova – bo‘lim boshlig‘i, U.Q.Burxanova – bo‘lim boshlig‘i, M.H.Sidiqova – kafedra mudiri, T.K.Akramova – kafedra mudiri.

   O‘quv yili davomida olima xotin-qizlarimiz hamkor tashkilotlar va xorijiy ekspertlarimiz bilan birga bir qator ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazishdi.

Mansurova Nargiza Shamsidinovna 2021-yildan buyon universitetda Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida,  shu bilan birga, “Turizm” kafedrasi v.v.b. professori sifatida faoliyat olib bormoqda. N.Sh.Mansurova o‘z lavozimidan tashqari, ko‘plab jamoatchilik vazifalarini ham muvaffaqiyatli bajarmoqda. Xususan:

2021-yilda tashkil etilgan DSc.33/01.02.2022.1.145.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 08.00.17 — “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar kotibi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

# E’TIROF

CNKI 2024-yilda yuqori baholangan olimlar roʻyxatini eʼlon qildi, universitetimiz prorektori, prof. Tongqian Zou “2024-yilgi CNKI yuqori iqtibos keltirgan olimlari” 1% qatorida bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.  Ma’lumot uchun; CNKI (Xitoy Milliy Bilim Infratuzilmasi) Xitoydagi eng yirik jurnal qog'oz ma'lumotlar bazasi hisoblanadi.

CNKI so'nggi o'n yil ichida (2014-2023) boy ilmiy tadqiqot yutuqlari va ajoyib akademik ta'siri bilan xitoylik olimlarni xolis va ilmiy jihatdan baholab borish maqsadida 2024 yilda "CNKI Highly Cited Scholars" tanlov faoliyatini boshladi.

Xitoy bo'ylab 3,35 millionga yaqin olimlar dastlabki tanlovga kirishdi. "2024 CNKI yuqori iqtibosli olimlar" uchun ishlatiladigan baholash ko'rsatkichi mualliflari tomonidan chop etilgan maqolalarning og'irlashtirilgan umumiy PCSI (Paper Citation Standardized Index) ko'rsatkichidir.

Universitetimiz professori T. Zou biznes boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi olimlardan biri sifatida tan olindi. 2019-yildan buyon prof. T. Zou tomonidan chop etilgan deyarli barcha maqolalar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Pekin xalqaro turizm tadqiqotlari universiteti nomidan chop qilinmoqda.

Ushbu yuqori e’tirof bilan hurmatli universitetimiz prorektori, prof. Toni Zouni jamoamiz nomidan muborakbod etamiz va keyingi ishlarida omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Universitetning 2024-yil 1-noyabrdagi 231-sonli ichki buyrug‘i bilan uzrli sabablarga ko‘ra qolib ketgan fanlarini qayta o‘qiyotgan ro‘yxatdagi talabalar 2025-yil 25-yanvarga qadar belgilangan fanlardan barcha vazifalarni bajarib, yakuniy imtihonlarni grafik asosida topshirishlarizni va fanlar kredit to‘lovini ham 2025-yil 25-yanvarga qadar amalga oshirishlarizni so‘raymiz.

Qo‘shimcha savollar bilan tutorlaringizga murojaat qilishingiz mumkin.

O‘quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi,

M.Yorqulov

Biz eng iste’dodli talabalar uchun “Turizm kafedrasi” stipendiyasini e’lon qilayotganimizdan mamnunmiz! Agar Siz 2024/2025-o’quv yilining
1-semestrda akademik, ilmiy va professional jihatdan yuqori natijalarga erishgan bo‘lsangiz, bu siz uchun ajoyib imkoniyatdir.

Quyida “Turizm kafedrasi” stipendiyasi talablari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Agar o’zingizni stipendiyaga loyiqman deb o’ylasangiz – ushbu stipendiya aynan SIZ uchun!

Tanlov mezonlari

Akademik ballar(40%)

GPA va baholar reytingi GPA (min. 85%) va baholar reytingini daftarchasini taqdim eting. A’lo akademik ko‘rsatkichlar muhimdir.

Motivatsion xat (25%)

Nima uchun siz stipendiyaga loyiq ekanligingizni tushuntiruvchi, akademik yutuqlaringiz, karyera maqsadlaringiz va shaxsiy orzularingizni bayon etuvchi motivatsion xat yozing. O'z sohangizga bo'lgan motivatsiya va sadoqatingizni yoritib bering.

Video CV (10%)

Oldingi yutuqlaringiz va kelajakdagi maqsadlaringizni yorituvchi professional va ijodiy video CV yarating. Video aniq va qiziqarli bo’lishi hamda unda qobiliyatlar to’liq yoritilishini ta'minlang.

“Mening Turizm kafedrasidagi ustozim” video taqdimot (10%)

Siz uchun eng yaxshi ustozning universitet va shaxsiy hayotizdagi o‘rni (kamida 3 ta ustoz)

Til sertifikati (15%)

TOEFL, IELTS va Milliy Sertifikat (CEFR) kabi amaldagi tilni bilish darajasi sertifikatini taqdim eting. Ikkinchi xorijiy tildagi sertifikga ustunlik beriladi.

Stipendiya haqida ma’lumot

Stipendiya miqdori – har oy 500000 so‘m - 1 000.000 so’m oralig‘ida Davomiyligi – bir semestr (4 oy)

Murojaat qilish tartibi:

1. Akademik transkriptlaringizni (GPA) yuklang

2. Motivatsion xatingizni yuklang (500 ta so’z)

3. Video CV (50 mb va 2 daqiqadan oshmasin) yarating va yuklang

4. “Mening Turizm kafedrasidagi ustozim” video taqdimot (50 mb va 2 daqiqadan oshmasin) yarating va yuklang;

5. Til bilish darajasi sertifikati (IELTS, TOEFL yoki milliy sertifikat CEFR)ni yuklang.

Hujjatlarni bitta faylda saqlagan holda telegramdagi ushbu foydalanuvchi (username) @tourism_departmentt nomiga yuboring:

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 16.02.2025

Joriy yil 19-yanvar kuni soat 10:00 da, universitet qoshidagi UNWTO Turizm akademiyasida, HoReCa bo'limi hamda Yaponiyaning Nara hokimiyati va Samarqanddagi "Nara Academy" til markazi hamkorligida, Yaponiyalik tajribali oshpazlar tomonidan Yapon milliy taomi Sushi tayyorlash bo'yicha bepul master-klass bo'lib o'tadi.

Sushi taomini tayyorlashda ishtirok etish hamda uni tatib ko'rishni istasangiz quyidagi havola orqali ro'yhatdan o'ting va tashrif buyuring.

Ro'yhatdan o'tish

19-yanvar kuni soat 10:00 da, universitet qoshidagi UNWTO Turizm akademiyasida sizlarni kutamiz.

Bugun 8-yanvar kuni “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu Memorandum imzolanishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olganlar ushbu hamkorlik memorandumidan ko‘zlangan maqsad birgalikda innovatsion loyihalarni amalga oshirish, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda va ilmiy izlanishlarni sanoat ehtiyojlariga yo‘naltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi xususida gapirishdi.
Memorandumning ilk qadami sifatida “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Qurilish va arxitektura” kafedrasi filiali tashkil qilindi. Tadbir ishtirokchilari yangi tashkil qilingan “Qurilish va arxitektura” kafedrasi filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Chorshanba, 08 Yanvar 2025 17:44

E’lon

GIDLIK VA EKSKURSIYALAR TASHKIL QILISH KURSIGA MARHAMAT 

UNIVERSITETNING TURIZM KAFEDRASI TOMONIDAN TASHKILLASHTIRILAYOTGAN MUTLAQO BEPUL USHBU KURS QUYIDAGILARNI TAKLIF QILADI:

            Farzandlaringiz maktab, litsey, kollej va universitetdan bo‘sh vaqtida professional gidlardan gidlik va ekskursiyalar tashkil qilish sir-sinoatlarini o‘rganishini xohlaysizmi?

            Farzandingiz bo‘sh vaqtida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Art galleriya hamda Xalqaro turizm akademiyasi kabi ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishishni va hozirdanoq turizm ta’limi va amaliyotiga qiziqish orttirib borishini xohlaysizmi?

            Eng muhimi, O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan gidlik sertifikatini qo‘lga kiritish va hozirdanoq gidlik qilib daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lish kabi tajribalarni professionalardan o‘rganishlarini xohlaysizmi?

            Marhamat, bizning kursimizga qo‘shiling, bu kursda asosiy e‘tibor amaliy ko‘nikmalarga qaratiladi!

Kurs davomida Sizni nimalar kutadi?

  • Sayyohlik obyektlarida amaliy mashg‘ulotlar: muhim turizm obyektlariga tashriflar;
  • Nutq mashqlari: qiziqarli hikoyalar aytish va turistlar bilan ishlashni o‘rganish;
  • Haqiqiy vazifalar yechimi: marshrut tuzishdan tortib, turistlar bilan muloqotgacha;

MINIMUM NAZARIYA, MAKSIMUM AMALIYOT!

Kurs sanalari: haftada bir kun.

Kurs davomiyligi: 03.03.2025 – 30.04.2025

O‘tkaziladigan joy: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va turizm obyektlari

Kimlar qatnashishi mumkin?

15 yoshdan kichik bo‘lmagan:

maktab, litsey, kollej, universitet talabalari (xorijiy tillarni biladiganlar ustunlik beriladi) hamda ushbu sohadagi ko‘nikmalarini rivojlantirishni istaganlar;

Ro‘yxatdan o‘tish va savollar uchun:

            Alijon Suyunov, Tel: 77-030-79-74

            Sardor Quvondiov, Tel: 93-299-51-97

Orzularingiz sari birinchi qadamni tashlang — ishonchli va malakali gid bo‘ling!

19 dan 126 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar