“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarni amalga oshirishda muhim vazifalar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan o‘quv yilida universitetda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talaba-qizlar tomonidan bir qator amaliy ishlarga qo‘l urildi. 2023-2024-o‘quv yilida bakalavr yo‘nalishida jami 545 nafar, magistratura yo‘nalishida 106 nafar, tayanch doktorant yo‘nalishida 13 nafar xotin-qizlar tahsil olmoqda. Shuningdek, 19 nafar mustaqil tadqiqotchi, 11 nafar xorijiy xotin-qizlardan iborat tadqiqotchilar universitetimizda tahsil olmoqda.
Ayol professor-o‘qituvchilarimizdan yuqori salohiyatli ilmiy darajaga ega jami 2 nafar xorijlik va 6 nafar mahalliy (1 ta fan doktori DSc, 7 nafar falsafa doktori PhD) professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelishmoqda.
XOTIN-QIZLARNING ILMIY YO‘NALISHDAGI FAOLIYATI HAMDA TALABA-QIZLAR ERISHGAN MUVAFFAQIYATLAR:
Hozirgi kungacha ilmiy seminarlar doirasida 25 nafar talabgorning dissertatsiyasi muvaffaqiyatli muhokama qilindi. Shulardan 5 nafari xotin-qizlar. 2024-yilda 2 nafari Ilmiy seminardan o‘tgan.
Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klubiga 300 nafardan ortiq iqtidorli talaba-qizlar jamlangan.
2023-2024-o‘quv yilida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining respublika bosqichida 4 nafar talaba-qiz ishtirok etdi.
- fan yo‘nalishidan – Mustafakulova Sabina
- jamoatchilik yo‘nalishidan – Baxromkulova Fotima va Baxromkulova Zuxro
- adabiyot yo‘nalishidan – Jurayeva Shoxnigorbegimlar ishtirok etishdi.
Respublika miqyosidagi nomdor stipendiyalar sohibalari:
- Turizm (faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha) 4-bosqich talabasi Z.Baxromkulova 2024-2025-o‘quv yili uchun Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.
- Turizm (faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha) 4-bosqich talabasi S.Mustafakulova 2024-2025-o‘quv yili uchun Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.
- Mustafakulova Sabina “Yilning eng faol talabasi-2024” tanlovining “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi.
XALQARO MIQYOSDA JALB QILINGAN GRAND SOHIBALARI
4 nafar tadqiqotchi talaba-qizlarimiz xalqaro grant sohibalariga aylanishdi. Bundan tashqari, 7-nafar xotin-qizlar xalqaro grant dasturlari asosida xorijiy safarda bo‘lishdi.
YORDAMGA MUXTOJ XOTIN-QIZLARIMIZ MODDIY-MA’NAVIY JIHATDAN QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
Universitetda xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatini yanada rivojlantirish singari vazifalar belgilab olingan. Universitetimizda tahsil olayotgan talaba-qizlar orasida mavjud chin yetim, ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi mavjud bo‘lgan, notinch oilalarda yashayotganlar, ota-onalar e’tiboridan hamda ularning qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga universitet xotin-qizlar kengashi va kasaba uyushmasi tomonidan alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda hamda moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
2025-yilda universitet xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish ishlari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan.
O‘TKAZILGAN TARG‘IBOT TADBIRLAR
2024-yilning o‘tgan davrida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar mavzusiga bag‘ishlangan jami 6 ta targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish mavzusida soha mutaxassislari bilan birga 10 ga yaqin tadbir va uchrashuvlar tashkil etilib, 200 yaqin talabalar qamrab olindi.
Reproduktiv salomatlik, erta nikoh va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan uchrashuvlarda barcha bosqich talaba-yoshlari qamrab olindi.
BELGILAB OLINGAN VAZIFALAR
Ushbu yilda universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan xotin-qizlarnig ijtimoiy faolligini oshirish va ijtimoiy himoyalashda davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini kuchaytirish, talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini foydali ishlarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish kabi muhim ustuvor vazifalar belgilab olingan.
UNVERSITETDA GENDER TENGLIK MASALASINI TA’MINLANGANLIGI
Universitetda Gender tenglik masalalarini ta’minlash maqsadida ayol professor-o‘qituvchilar orasidan “Zaxira kadrlar” tayyorlash rejasi tuzilgan va bu borada amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Shu jumladan: 7 nafar xotin-qizlar rahbarlik lavozimida faoliyat yuritib kelmoqdalar:
N.A.Abduvoxidova – bo‘lim boshlig‘i, Sh.N.Mardonova – bo‘lim boshlig‘i, I.M.Kadirova – bo‘lim boshlig‘i, N.Sh.Mansurova – bo‘lim boshlig‘i, U.Q.Burxanova – bo‘lim boshlig‘i, M.H.Sidiqova – kafedra mudiri, T.K.Akramova – kafedra mudiri.
O‘quv yili davomida olima xotin-qizlarimiz hamkor tashkilotlar va xorijiy ekspertlarimiz bilan birga bir qator ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazishdi.
Mansurova Nargiza Shamsidinovna 2021-yildan buyon universitetda Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida, shu bilan birga, “Turizm” kafedrasi v.v.b. professori sifatida faoliyat olib bormoqda. N.Sh.Mansurova o‘z lavozimidan tashqari, ko‘plab jamoatchilik vazifalarini ham muvaffaqiyatli bajarmoqda. Xususan:
2021-yilda tashkil etilgan DSc.33/01.02.2022.1.145.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 08.00.17 — “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar kotibi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.