×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 02 Aprel 2024 12:35

Turizm laboratoriyasi bosh direktori, tadqiqotchi, T.Mirzaev “Turizm mahsulotlarini diversifikatsiya qilish” mavzuida ma'ruza qildi

Joriy yilning 28-mart kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma'ruzalar zalida sakkizinchi ilmiy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, mahalliy hamda xorijlik talabalar, magistrlar ishtirok etishdi.

Seminarni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Toni Zou olib bordi. T.Mirzaev o'z taqdimotida O'zbekistonda turizmni rivojlantirishda "Turizm mahsulotlarini diversifikatsiya qilish: mintaqaviy rivojlanish dasturlari, maqsadli brending" mavzusi bilan tanishtirdi. Ma’ruzachi so'nggi yillarda O'zbekistonda turizmni rivojlantirish va turizm brendlarini xalqaro miqyosda qanday targ'ib qilish haqida batafsil ma'lumotlar berdi. Doktor T.Mirzaevning yorqin va batafsil taqdimoti o'qituvchi va talabalarda katta qiziqish o‘yg‘otdi. Seminarda T.Mirzaev ishtirokchilarning savollariga batafsil javob qaytardi. Seminar so‘nggida prof. Toni Zou T. Mirzaevga an'anaviy xitoycha sovg'a berdi.

O'qilgan 489 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2348{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar