“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda shoir Islomjon Qo‘chqorov o'z ijodidan eng sara asarlarini talaba-yoshlarga o'qib berdi.
Shoir talabalarga o’z hayot yo’li, yoshlarni ilm olishi muhimligi, maqsadlarni to’g’ri qo’yishni va bunga erishish uchun nimalar qilish lozimligi to’g’risida gapirdi. Talaba-yoshlar shoir ijodidan bahramand bo'lishdi. Tadbir ishtirokchisi bo‘lgan talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va shoirning ijodlaridan o’qib berishdi.