Payshanba, 07 Noyabr 2024 12:52

Universitetimizda OITSga qarshi kurashish va talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan
universitetimiz talabalari uchun “Biz-sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.
Har yili 1-dekabr sanasi an’anaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITSga qarshi kurashish, targ‘ibot tadbirlarini keng miqyosda olib borish masalalariga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi.
6-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Samarqand OIV va OITS markazi hamkorlikda “Biz – sog‘lom turmush tarafdorimiz!” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda Samarqand OIV va OITS markazi epidemiolog shifokori D.Sulaymonova hamda universitetimiz shifokori S.Mustafaqulova, universitet profilaktika inspektori Sh.Qurbonov, guruh tyutori P.Islamovlar talabalarga OIV va OITS kasalligining kelib chiqishi, insonga ta’siri kabi ma’lumotlar hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish haqida zarur tavsiyalarini berdi.
Qizg‘in savol-javoblarga boy o‘tgan tadbirda talabalar mavzu yuzasidan muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

O'qilgan 6 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar