Seshanba, 26 Noyabr 2024 17:28

Universitetimiz va Indoneziyaning Gunadarma universiteti o‘rtasida xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash yo‘lida amaliy qadam tashlandi

Bugun 26-noyabr kuni, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mutasaddilari Indoneziyaning Gunadarma universiteti delegatsiyasini kutib oldi. Ushbu tashrif Gunadarma universiteti rektori, professor Ye.S. Margianti (SE, MM) tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Delegatsiya tarkibida Gunadarma universiteti ma’muriyati, tibbiyot fakulteti rahbar-xodimlari va ilmiy xodimlari ishtirok etdi. Tashrif doirasida BMT Samarqand Turizm akademiyasi, Indoneziyaning 5-prezidenti Megawati Soekarnoputri xonim tashrifi vaqtida universitet hududida tashkil etilgan Sukarno bog‘i va universitet binolari, jumladan, universitet hududi, universitetdagi Indoneziya markazi bilan tanishuv o‘tkazildi, bu esa ikki universitet o‘rtasidagi madaniy va akademik aloqalar ramzi hisoblanadi.

Tashrif doirasida tibbiyot turizmi bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi. Seminarda Gunadarma universiteti delegatsiyasining nufuzli vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti  professor-o‘qituvchilari ham ushbu mavzuda o‘z fikrlarini bildirdilar. Seminar so‘ngida Gunadarma universiteti nomidan universitetimiz kutubxonasi uchun kitoblar sovg‘a qilindi.

O'qilgan 13 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar