Bugun 27-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Slovakiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi janob Viktor Boretskiy Slovakiyaning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lgan ESVA universitetining Iqtisodiyot fakulteti dekani hamrohligida tashrif buyurdi.
Dastlab mehmonlar universitet rahbariyati tomonidan kutib olindi va oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan so‘ng Slovakiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi janob Viktor Boretskiy bilan universitetimiz rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama muloqot tashkil qilindi.
Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad Slovakiya universitetlari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o'rtasida talabalar almashinuvi dasturlari imkoniyatlarini muhokama qilish, o‘quv jarayoni va ilmiy faoliyatni tashkil etish sohasida tajriba almashish va turizm sohasidagi mutaxassis kadrlar almashinuvi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini o‘rganishdan iborat.
Samimiy va qizg‘in o‘tgan muloqot ikki tomonlama hamkorlikning kelgusidagi amaliy natijalarini belgilab berganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.