Chorshanba, 11 Dekabr 2024 17:50

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Yaponiyaning Wakayama universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Wakayama universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga ushbu universitet qoshidagi Turizm tadqiqotlar markazi rahbari Etsuko Xigashi xonim boshchilik qildi.

Delegatsiya vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuv davomida universitetimiz talabalari tomonidan almashinuv dasturi, magistratura boshqichida tahsil olish mezonlari, xalqaro talabalarga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari, grant imkoniyatlari va qabul jarayonlari haqidagi berilgan savollariga Wakayama universiteti vakillari batafsil javob berishdi.

Shuningdek, hamkorlikda "Yaponiyalik sayyohlarning O‘zbekiston haqidagi tasavvurlari” mavzusida olib borilayotgan loyihada amalga oshiriliyatgan ishlar yuzasidan ma’lumot almashildi. Ushbu loyiha O‘zbekiston turizm salohiyati, madaniy merosi, madaniyati va milliy qadriyatlarini Yaponiyada keng targ’ib qilish orqali O’zbekistonga tashrif buyuruvchi yaponiyalik sayyohlar sonini oshirishga qaratilgan.

Tashrif yakunida Wakayama universiteti delegatsiyasi universitet kampusi va UNWTO Samarqand turizm akademiyasi infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirildi.  

O'qilgan 235 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar