Respublika miqyosida turizm sohasini yanada rivojlantirish hamda iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘inlaridan biriga aylantirishda, gastronomik turizm, ziyorat turizmi, eko turizm, agro turizm, sport turizmi va boshqa shu kabi turizm sohalarining taraqqiy etishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bugungi kunda rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari, innovatsion g‘oyalarning o‘rni beqiyos.
Shu maqsadda turizm sohasida yoshlarning innovatsion g‘oyalarini rivojlantisirsh hamda amaliyotda joriy qilishga ko‘maklashish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2024-yil 17- dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Turizm sohasidagi eng yaxshi startap loyihasi” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.
Startap loyihasiga qo‘yiladigan shartlar:
- 1, 2, 3 va 4-kurslar orasidagi startap ijrochilarining yoshi 30 dan oshmasligi;
- 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa aʼzolari soni 3 nafardan oshmasligi lozim);
- Startap loyihalarini amalga oshirishning eng uzoq muddati bir yil boʻlishi.
- Loyihani moliyaviy asoslab berish; unga ketadigan material, materiallarning narxi va shu narxda qayerdan sotib olinishi mumkinligi haqidagi ma’lumot.
Ushbu loyiha yoshlarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Startap yaratish bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash.
- Loyihaning samarali taqdimotini tashkil etish hamda investor jalb qilish.
- Innovatsion startap taqdimotlari bilan tanishish.
- Qizg‘in muhokamalarda ishtirok etish va boshqalar.
Ishtirokchilar quyidagi manzil orqali bog‘lanib, 15-dekabrgacha registratsiyadan o‘tishi lozim. Startaplar taqdimoti 17-dekabr kuni soat 14:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida bolib o‘tadi.
Murojaat uchun:
Universitet yoshlar yetakchisi S.Haydarov
+99899 446 59 46