Universitetimizda 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan turli tadbirlar, davra suhbatlari tashkil qilinishi belgilangan. Bugun 2024-yilning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 32 yilligi munosabati bilan bugun 2-dekabr kuni bir guruh talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan test sinovlari o‘tkazildi. Test jarayonlarida talabalar asosiy Qomusimizda belgilangan qonunlardan tushgan savollarga javob topishdi. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarimizga qonunlarimizni yaqindan o‘rgatish va xuquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.