“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Tongsyan Zou Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi 7-халқаро Фorumida ishtirok etdi.
Forumda dunyoning yetakchi ekspertlari, olimlari va hukumat vakillari ishtirokida “Bir kamar, bir yoʻl” tashabbusi doirasida turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ahamiyatlisi ushbu xalqaro Forumda universitetimiz prorektori, prof. Tongqian Zou ishtirok etib “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining ilm-fan, tadqiqot va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan ishlari, turizmni barqaror rivojlantirishga va madaniy merosni saqlashda jonbozlik ko‘rsatib kelayotganligini taʼkidladi. Shuningdek Forum bilim almashish va global aloqa va madaniy almashinuvni mustahkamlashga qaratilgan yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platformaga aylandi.
Bundan tashqari, forumda mintaqada turizmni rivojlantirish strategiyalarining akademik muhokamasi xususida “Markaziy Osiyo uchun Sharq turizmi marketingi strategiyalari” nomli yangi kitob taqdimoti o‘tkazildi.