Chorshanba, 13 Noyabr 2024 14:48

Universitetimizda mutaxassislar ishtirokida “Sog'lom hayot, sog‘lom kelajak poydevori” mavzuida tadbir o‘tkazildi

2024-yilning 12-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti xotin-qizlar kengashi a'zolari tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Tibbiy madaniyatni oshirish”, “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish” mavzularida soha mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda mutaxassislar xotin-qizlar salomatligini yanada mustahkamlash yuzasidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati, “Qizlar gigienasi farovon oila asosidir”, “Kelajak-bo‘lajak onalar qo‘lida” mavzularida gapirishdi.

Tadbirda viloyat Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi  reproduktiv markazi bo‘lim mudiri, ginekolog Dilorom Mamatova ishtirokchilarga “Erta nikoh va erta tug‘ruq, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, “Qizlar gegienasi salomatlik garovi”, “Oilada tibbiy madaniyatning o‘rni” mavzularida zarur  tavsiyalarini  berdi.

O'qilgan 175 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar