11-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Turkiyadagi “Heritage Projects” asoschisi Usmon Murat Akan va Madaniy meros platformalari tashkilotida “Heritage ko‘rgazmalari” direktori Zubayde Akbayir xonim tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif madaniy merosni asrab-avaylashda hamkorlikni rivojlantirish va madaniy merosga asoslangan ta’lim, tadqiqot va targ‘ibot ishlarida o‘zaro manfaatlarni rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Mehmonlar universitet rahbariyati hamda universitetimiz professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib qator amaliy muloqotlar o‘tkazdi. Asosiy e'tibor hamkorlikning potentsial yo'nalishlarini o'rganishga, xususan, madaniy merosga bag'ishlangan konferentsiyalar, ko'rgazmalar va seminarlar tashkil etishga qaratildi.
Ushbu tadbirlar o‘zaro xalqaro aloqalarni o'rnatish va madaniy merosni saqlagan holda rivojlantirishda yangi platforma bo'lib xizmat qiladi.