Shanba, 09 Noyabr 2024 15:24

Universitetimizda “Yashil kelajak” umumrespublika marafoni ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi

Bugun 9-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil kelajak” umumrespublika marafoni o‘tkazildi. Marofonda “Ipak yo‘li” turizm va mdaniy meros xalqaro universitetining bir guruh faol bo‘lgan professor-o‘qituvchilari, xodimlari ham ishtirok etishdi. Dastlab tadbirda onlayn tarzda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengashining Raisi Amanbay Orinbayev  va Oliy ta'limfan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov so‘z olib ushbu loyihaning ahamiyati xususida gapirishdi va respublika miqyosidagi barcha oliy ta’lim muasassalariga loyiha doirasida ko‘chat ekishga start berildi.

Marofon doirasida universitetimiz huzuridagi Turizm akademiyasi hovlisiga turli xildagi 200 ga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

O'qilgan 315 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar