Payshanba, 14 Noyabr 2024 17:33

Universitetimiz Rossiyadagi yetakchi universitetlar hamda Turizm va mehmondo‘stlik sohasida malaka oshirish markazi bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish muhokama etildi

2024-yil 14-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahridagi Sankt-Peterburg boshqaruv texnologiyalari va iqtisodiyoti universitetining fan va xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Anna Rumyanseva hamda Sankt-Peterburgdagi Turizm va mehmondoʻstlik sohasida malaka oshirish markazi bosh direktori Marina Morozovalar tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda Sankt-Peterburg boshqaruv texnologiyalari va iqtisodiyoti universiteti va Turizm va mehmondoʻstlik sohasida malaka oshirish markazi bilan universitetimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun almashinuv dasturlarini tashkil qilish, turizm va mehmondo‘stlik sohasida malaka oshirish, Rossiyadagi turizm sohasi bitiruvchi  talabalarini universitetimizga magistratura dasturlariga taklif qilish, shuningdek Rossiyadan yuqori salohiyatli professorlarni tadqiqotchilarimiz uchun ilmiy rahbarlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish masalalarida ham yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muloqot olib borildi.

O'qilgan 191 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar