Payshanba, 14 Noyabr 2024 15:59

Universitetimizda 15 noyabr — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi

Har yili dunyoning ko‘plab davlatlarida muhim ekologik sana — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni nishonlanadi.

Bugungi kunda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan bu borada qator amaliy ishlar qilinmoqda. Bugun 14-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham 15-noyabr — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi qaroriga asosan respublikada chiqindilarni alohida yig‘ish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilayotganligi xususida gapirilib, ushbu muhim xujjatning mazmun-mohiyati xususida ma’ulmotlar berildi. Ma’lumot uchun bugungi kunda  rivojlangan mamlakatlarda maishiy va sanoat chiqindilarining 40-60 foizi qayta ishlanadi. Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

O'qilgan 175 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar