Seshanba, 19 Noyabr 2024 12:33

Universitetimiz prorektori, prof. T.Zou “Markaziy Osiyo turizm marketingi uchun sharqqa qarab rivojlanish strategiyalari” nomli kitobi nashrdan chiqdi

Ushbu kitob “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti, Xitoy madaniyat va turizm Akademiyasi, YUNESKOning Ipak yo'llari bo'ylab barqaror meros turizmi kafedrasi tomonidan tahrir qilinib nashrga berildi.

Kitobning kirish qismida Evropa va Sharqiy Osiyo o'rtasida strategik hududda joylashgan Markaziy Osiyo azaldan sivilizatsiyalar chorrahasi bo'lib, ulkan Evroosiyo qit'asi bo'ylab savdo va madaniy almashinuv uchun muhim kanal bo'lib xizmat qilganligi aytiladi.  Asrlar davomida bu mintaqa Sharq va G'arb madaniyatlarining yaqinlashishiga yordam beradigan ko'prik vazifasini bajargan. Bugungi kunda Markaziy Osiyo tarix va meros xazinasi bo'lib turibdi, uning boy va asl madaniyati sayyohlar sonini ko'paytirmoqda. Shuningdek kitobda yurtimizning sayyohlik salohiyati e'tirof etilgan holda, mamlakatimizda vizasiz va elektron viza tizimlari, soddalashtirilgan sayohat qoidalari va kengaytirilgan xizmatlarni joriy qilganligi aytilgan.

O'qilgan 187 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar